So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

Bahrom Hakimov: "SHogirdim Baxtiyor Ashurmatovning o'yin uslubini o'rganib chiqqandik" Yangiliklar

Bahrom Hakimov: "SHogirdim Baxtiyor Ashurmatovning o'yin uslubini o'rganib chiqqandik"

Dinamo - Navbahor (2:1) uchrashuvidan so'ng Dinamo bosh murabbiyi Bahrom Hakimov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalambor, Dinamo jamoasini mana shunday shiddatli va juda asabiy o'yinda tinmay qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Uyimizdagi so'nggi o'yinda SHo'rtan bilan 3:3 hisobida durang o'ynaganimizdan so'ng bugun ham futbolchilar g'alabani qo'ldan boy bermaslik uchun katta bosim ostida to'p surishdi. SHukurki, yakunda o'zimiz uchun juda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Jamoam o'yinidan qoniqdim.

- Navbahor jamoasini mag'lub etishda shogirdingiz Baxtiyor Ashurmatovning imkoniyatlarini bilishingiz sizga qo'l keldimi?

- Bilasizmi, ushbu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda ikki hafta vaqt bor edi. Ushbu muddat davomida Namangan jamoasining so'nggi o'yinlarini to'liq o'rganib chiqib, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgan edik. SHu jumladan shogirdim Baxtiyor Ashurmatovning ham qanday o'yin uslubida to'p surishini o'rgangandik. O'tgan hafta SHo'rtan bilan nazorat bahsi o'tkazganimiz ham o'yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimizni taminladi.

- So'nggi o'yinlar paytida juda asabiylashayapsiz. O'yin borasida nimadan qoniqmayapsiz?

- Har o'yinda ustunlik qilib, vaziyatlar yaratayotgan bo'lsakda juda katta bosim ostida to'p surayotgandekmiz. Natijada futbolchilar asablarini jilovlamay hakam tomonidan jazolanmoqdalar. Qator sariq kartochkalar esa muhim o'yinlarda asosiy futbolchilarimizsiz qolishimizga sabab bo'lmoqda. Bu borada futbolchilar bilan ish olib boramiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика