So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  3 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

Bahrom Davlatov: "JCH o'yinlari haqida hozircha tayinli gap aytish qiyin" Yangiliklar

Bahrom Davlatov: "JCH o'yinlari haqida hozircha tayinli gap aytish qiyin"

O'zbek futbolida o'ziga yarasha hurmat qozongan kam sonli mutaxassislardan biri Bahrom Davlatov ham jahon chempionati o'yinlarini kuzatib borayotgan bo'lishi tabiiy ekanligini inobatga olib, u kishi bilan bog'landik.
O'zaro salom-alikdan so'ng mundial haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Albatta nufuzi bo'yicha duyonda birinchi raqamli musobaqa bo'lgan ushbu jahon chempionatini men ham kuzatib bormoqdaman. Bilasizmi hozircha guruh o'yinlari davom etayotgani uchun JCH haqida tayinli gap aytish qiyin.

Biron-bir jamoani yaqqol favorit deb atash ham murakkabdir. CHunki o'zingiz ko'rayotgan bo'lsangiz, kutilmagan natijalar bir necha bor qayd etildi. Xususan "B" guruhida Gollandiya ilk o'yinidayoq Ispaniyani yirik hisobda tor-mor etdi.

Ushbu fantastik o'yindan keyin esa, qizil lolalar guruhdagi ikkinchi bahsda Avstraliya bilan umuman boshqacha o'yin namoyish etishdi. Yoki Braziliya terma jamoasini oladigan bo'lsak, mezbonlar Meksika bilan o'yinda katta qiyinchilikka duch keldi. Ko'ryapsizmi, hozir biror-bir terma jamoani alohida ajratib ko'rsatish qiyin. Rossiya terma jamoasi ham hozircha bitta uchrashuv o'tkazdi.

Janubiy Koreya bilan to'qnashuvda Kapello shogirdlari katta qiyinchilikka duch keldi  deydi Bahrom Boyjonovich.   

- Bilasizmi, ushbu mundialni men oddiy muxlis bo'lib emas, mutaxassis sifatida kuzatib bormoqdaman. SHuning uchun har bir o'yinni diqqat bilan kuzatib, tahlil qilib, o'zim uchun kerakli bo'lgan narsalarni kashf etib boryapman.

- Muxlis sifatida aytadigan bo'lsam, JCH-2014da Argentina chempion bo'lishini juda-juda xohlardim. CHunki uning tarkibida dunyoning eng kuchli o'yinchisi  Lionel Messi bor. Bu futbolchi shu kungacha barcha yirik sovrinlarni yutib bo'ldi. Faqatgina Jahon CHempioni degan nomga sazovor bo'la olmayapti. Agar shuni ham yutsa, men juda xursand bo'lardim. Messini afsonaviy Diego Maradonadan kuchsiz deb bo'lmaydi!

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика