Bahodir Hakimqulov: "Kubok o'yinlari davomida tajriba to'pladik"
27 apr 11:09
Yangiliklar
Bahodir Hakimqulov: "Kubok o'yinlari davomida tajriba to'pladik"
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "Sirdaryo FA" (5:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahodir Hakimqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugungi uchrashuv oldidan "Do'stlik"da ham, bizda ham navbatdagi bosqich uchun imkoniyat qolmagandi. Kubok o'yinlari biz uchun katta tajriba bo'ldi. Superliga va Pro-liga jamoalariga qarshi o'ynadik, xulosa va tahlillarimiz bor.
Birinchi ligada yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. CHempionatning dastlabki turida g'alabaga erishdik. Tarkibmizda 17-18 yoshli futbolchilar yaxshi taasurot qoldirishayapti.
Hozir Guliston shahri markazida yangi zamonaviy stadion qurish ishlari boshlandi. Sirdaryoga katta futbol qaytadi, biz bu borada ishlashdan to'xtamaymiz" - deydi sirdaryoliklar bosh murabbiyi.
Fikrlar