So’nggi yangiliklar

12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  4 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  20 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  10 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0

Bahodir SHamsiddinov: "Neftchi"da ikki nafar iqtidorli darvozabon bor" Yangiliklar

Bahodir SHamsiddinov: "Neftchi"da ikki nafar iqtidorli darvozabon bor"

Kuni kecha “Neftchi” jamoasining darvozabonlar murabbiyi Bahodir SHamsiddinovdan klub rasmiy sayti uchun intervyu oldik.

Xabaringiz bor, SHamsiddinov yaqinda darvozabonlar murabbiylari uchun o'tkazilgan o'quv-seminarida ishtirok etdi. Murabbiy biz bilan Toshkentdagi seminar taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'quv-seminar jarayonlari ikki bosqichdan iborat bo'ldi. Nazariy darslar poytaxtimizdagi “Ramada” mehmonxonasida bo'lib o'tgan bo'lsa, ikkinchi bosqich amaliy bo'lib O'FFning suniy qoplamali maydoni olib borildi, - deb gap boshladi Baxodir SHamsiddinov. – O'quv kurslariga OFK instruktori Jalol Mahmud boshchilik qildi. Unga xamyurtimiz SHavkat Imomov assistent bo'ldi. Jalol Mahmud biz uchun begona shaxs emas. Yodingiz bo'lsa, Mahmud o'z vaqtida OCHL doirasidagi o'yinlarda “Neftchi”ga qarshi o'ynagan edi. SHuningdek, u Eron MTJning sobiq posboni ham hisoblanadi.

- Ayni paytda ixtiyoringizda 2 darvozabon O'tkir Yusupov va Abdumavlon Abdujalilov bor. Ulardan qaysi biri bu yil “Neftchi” darvozasini qo'riqlaydi?
- Birinchi galda, iqtidorli posbonlarimiz borligini aytib o'tishim kerak. Ammo ulardan qaysi biri bu yil asosiy bo'lishi haqidagi savolingizni ochiq qoldiraman. Hozir Abdumavlon Qatardagi turnirda ishtirok etmoqda. Avval u qaytsin, O'tkir bilan mashg'ulotlarda sinab ko'ramiz. Hammasi mavsum boshlanguncha hal bo'ladi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha asosiy posbon bo'ladi, - deb fikrlarini yakunladi “Neftchi” darvozabonlar murabbiyi.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика