So’nggi yangiliklar

22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  8 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  13 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  22 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4

Bahodir Pardaev: “Paxtakor” safida chempion bo'lishni istayman” Yangiliklar

Bahodir Pardaev: “Paxtakor” safida chempion bo'lishni istayman”

Bugun “Paxtakor” stadionida klubga yangi kelib qo'shilgan hujumchi Bahodir Pardaevni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu marosimda futbolchidan tashqari klub sport direktori Grigoriy Ceytlin, Bosh direktor Rustam Ko'paysinov ham ishtirok etishdi.

Kirish so'zini klub bosh direktori Rustam Ko'paysinov boshlab berdi:



“Bahodirni anchadan beri kuzatib kelayotgandik. Mana, hozirga kelib uni jamoaga taklif qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Endi u jamoamiz safida to'p suradi”.

Grigoriy Ceytlin: “Bunday vaqtda nafaqat “Paxtakor”, balki har bir jamoa o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olishga harakat qiladi. Hujum chizig'imizda raqobat kamligi sababli Pardaevni taklif qildik. Umid qilamanki, u oldingi chiziqdagi raqobatni kuchaytiradi. Uning yordami tegadi deb o'ylayman”.

“Maxsitaliev, Hakimov, Fomin va Yusupovlarning doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishlari uchun ularni ijaraga berdik. Biz ularni yangi jamoalari safida necha daqiqa harakat qilayotganlarini ham kuzatib turamiz. Ularni to'lig'icha qo'yib yuborganimiz yo'q”.


SHundan so'ng “Paxtakor”ning yangi futbolchisi Bahodir Pardaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
“Avvalambor Assalomu alaykum. Jamoaga qo'shilishdan maqsadim “Paxtakor” bilan chempion bo'lish, nasib qilsa, kelasi yili klub safida CHempionlar Ligasida ishtirok etib, o'z gollarim bilan jamoaga foyda keltirishdir.

-“Paxtakor” safiga qay tariqa kelib qo'shildingiz? Odatda, “Bunyodkor” va “Paxtakor” o'rtasidagi transferlar bir tomonlama amalga oshirilardi...

-   Oddiy (kuladi)

-   Jamoaga erkin agent sifatida o'tdingizmi yoki jamoa siz uchun pul to'ladimi?
-   Bu savolga sport ishlari direktori javob bergani maqul.

Grigoriy Ceytlin: “Bu klubimizning ichki siyosati hisoblanadi. “Bunyodkor” bilan kelishuvga erishdik. Bahodir to'lig'icha jamoamiz azosi hisoblanadi. Qolgani esa klubimizning siri”.

-   Bahodir, 8-turdan so'ng ”Bunyodkor” safida ko'rinmay qolgandingiz...
-   Maydonga tushmagan bo'lsam ham jamoa bilan birga edim. Mashg'ulotlarda qatnashib keldim.

-   Yaqinda Osiyo o'yinlari boshlanadi. Jamoadan ko'pgina futbolchilar terma jamoaga jalb qilinadi...
G.Ceytlin: “Bilasizmi, bu savolni biz 2-3 oydan beri o'ylamoqdamiz. Osiyo o'yinlari vaqtida biz uchta o'yin o'tkazishimiz zarur. Ulardan biri “Lokomotiv”ga qarshi bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinning ahamiyatini bilasiz. SHu sababli, biz PFL bilan bu borada kelishuvga erishmoqchimiz. Yoki qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan bir amallaymiz.
 
-   Kuni kecha “Lokomotiv” o'z safiga bir qancha taniqli futbolchilarni qo'shib olganini malum qildi. Jamoangizning ikkinchi davrada “Lokomotiv” bilan raqobatlasha olishigi ko'zingiz etadimi?
-   Ha, bundan xabarim bor. Lekin futbolda nomlar ko'p narsani hal qilmaydi. Barchasi maydonda hal bo'ladi.


Aziz To'xtamurodov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика