So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Насаф" – "Андижон" 0:1 (матнли трансляция)  7 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  1 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  3 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  2 18:17Суперлига. "Қўқон-1912" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  5 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  3 17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  2 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  5 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2

Bahodir Ibrohimov xotira turniri. “Bunyodkor” - chempion! Yangiliklar

Bahodir Ibrohimov xotira turniri. “Bunyodkor” - chempion!

Toshkentda “Paxtakor” futbol klubi hamda O'FF hamkorligida taniqli futbolchi, sport ustasi Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnir bugun nihoyasiga etdi.

2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tgan mazkur musobaqada “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari penaltilar seriyasida “Paxtakor” ustidan zafar quchib, birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. O'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. SHundan so'ng jamoalar penaltilar seriyasiga taklif etildi. Lotereyalar bahsida esa omad “bunyodkorchilar”ga kulib boqdi. Ular 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchinni o'rinni Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarbiyalanuvchilari qo'lga kiritishdi. Bekobodliklar “Andijon” jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Turnirning final hamda 3-o'rin uchun kechgan bahslari O'FF suniy maydonida o'tkazildi. Final uchrashuvi yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar tegishli diplom, medallar va kubok bilan taqdirlandi.

Xotira turniri yopilishida ishtirok etish uchun bir qator futbol faxriylari, jumladan, Narimon Jalolov, To'lagan Isoqov, Vilgelm Qahhorov, Vladimir SHtern, Vyacheslav Soloxo, Ravshan Yunusov, Ahrol Inoyatov, Evgeniy Valickiy, Vladimir Safarov kabilar tashrif buyurishdi. Musobaqa yakunida har bir chiziq bo'yicha eng yaxshilar aniqlandi.

“Eng yaxshi darvozabon” - Avaz Hasanboev (“Metallurg”)
“Eng yaxshi himoyachi” - Marufjonov Sardor (“Andijon”)
“Eng yaxshi yarim himoyachi” - Xolmatov Diyor (“Paxtakor”)
“Eng yaxshi hujumchi” - Jo'raqo'ziev Otabek (“Bunyodkor”)
“Turnirning eng yaxshi futbolchisi” - CHikrizeev Igor (“Paxtakor”)

Z-o'rin uchun bahs. 25 avgust
“Metallurg” - “Andijon” - 3:0

FINAL. 25 avgust
“Paxtakor” - “Bunyodkor-1” - 2:2 (p.b - 3:4)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика