So’nggi yangiliklar

22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  9 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  68 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  17 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0

Bahodir Ahmedov: "Saralash oldidan o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun birorta jamoa yo'q edi..." Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Saralash oldidan o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun birorta jamoa yo'q edi..."

Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasi Toshkentda Tojikiston yoshlariga 2:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va Osiyo chempionati yo'llanmasidan maxrum bo'ldi.

Kechagi o'yindan so'ng yoshlarimiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovdan qisqa intervyu oldik.

- Nima uchun bugun bunday sharmandali natija qayd etildi?

- Bolalar yaxshi o'ynashga harakat qilishdi, lekin juda ko'p xato qilishdi. Bundan esa Tojikiston foydalanib ketdi. Biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqibimiz xatolardan unumli foydalanishdi va haqli g'alabaga erishishdi.

- Nima uchun jamoa birorta terma jamoa bilan emas, joriy yilni havaskorlar chempionatida o'tkazgan "Maksam-CHirchiq" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazdi?
- CHunki, o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun boshqa terma jamoalar yo'q edi. SHu sabab, "Maksam-CHirchiq" bilan nazorat o'yini o'tkazgan holda saralashga tayyorgarlikni yakunlagan edik. Tailand, Malayziya yoki yana boshqa jamoalar o'zida tayyorlanayotgan edi. Biz mintaqamizdagilardan Qirg'iziston va Tojikiston bilan bir guruhda bo'lganimiz sabab ular bilan o'rtoqlik o'yini o'tkaza olmas edik. Turkmaniston yoshlari bilan nazorat bahsi o'tkazishimiz mumkin edi. Lekin, ular taklifimizni rad etishdi.

- Nima uchun uchrashuvning so'nggi soniyalarida ham o'ynovchi darvozabonni maydonga tashladingiz? Axir, 2:6 hisobi ham bizni qoniqtirar edi. Yoki bundan xabaringiz yo'qmidi?
- Ochig'i, kecha ham, o'yindan oldin ham mag'lub bo'lishimiz mumkinligi haqida umuman o'ylamagan edik. Faqat g'alabani ko'zlagandik. SHu sabab, hisobda ortda borayotganimizda tavakkal qilib beshinchi o'yinchini tushirdik.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика