So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  2 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Bahodir Ahmedov: "Osiyo chempionatida yuqori natijalarni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Osiyo chempionatida yuqori natijalarni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgani haqida avvad xabar berib o'tgandik.

Bugun o'quv-mashg'ulot yig'ini o'z yakuniga etdi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov o'tkazilgan yig'in va kelgusi rejalar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

“Hukumatimiz rahbariyati tomonidan yurtimizda sportni ommaviylashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, xususan, o'zbek futbolini yuqori saviyaga olib chiqishga katta etibor qaratilayotganini alohida takidlash kerak. O'z o'rnida O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti tomonidan ham futzalni rivojlantirish, futzal bo'yicha terma jamoalarimizning o'quv-mashg'ulotlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotgani ham qayd etib o'tish zarur.

Oldimizda katta musobaqa – futzal bo'yicha Osiyo chempionati turibdi. Mana shu musobaqada munosib ishtirok etib, yurtimiz nomini xalqaro maydonlarda yanada yuqoriga ko'tarish uchun tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz.

18 dekabrdan 28 dekabrga qadar 10 kun davomida Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik. Yig'inda terma jamoaga nomzod bo'lgan jami 18 nafar futzalchilar ishtirok etishdi. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib bordik. Yig'in davomida asosiy etiborni yosh futzalchilarni sinovdan o'tkazib olishga qaratdik. Jumladan, bu safargi o'quv-mashg'ulot yig'iniga tajribali futzalchilar bilan bir qatorda Akbar Usmonov, Botir Rizaev, Husniddin Nishonov, Ixtiyor Ropiev, Anasxon Rahmatov kabi yoshlar ham jalb qilindi.


Yanvar oyida yana ikkita yig'in o'tkazishni rejalashtirganmiz. Dastlabki mashg'ulotlar Toshkentda o'tadi. Keyin esa xorijda yana o'quv-mashg'ulot yig'inlari va o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishni rejalashtirganmiz. Xorijdagi yig'inni o'tkazib, Osiyo CHempionatida ishtirok etish uchun Xitoy Taypeyiga uchamiz.

Xabaringiz bor, guruhimizdan Yaponiya, Janubiy Koreya va Tojikiston terma jamoalari joy olgan. Anchagina kuchli guruh. SHunga qaramay, bo'lajak Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz”, - deydi Bahodir Ahmedov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика