So’nggi yangiliklar

12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  0 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5

Bahodir Ahmedov: "Musobaqaga jarohatlarsiz yo'l oldik. Futzalchilar o'yinlarga tayyor" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Musobaqaga jarohatlarsiz yo'l oldik. Futzalchilar o'yinlarga tayyor"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun tunda Quvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'l oldi.

Ketish chog'ida saytimiz muxbirlari bosh murabbiy Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdi. 


"Tayyorgarlik juda yaxshi o'tdi. Mashg'ulotlardan ko'nglimiz to'ldi. Ispaniyalik murabbiy bilan ishladik. Yigitlardan ko'nglim to'q. Katta jarohatlar yo'q. Futzalchilar bo'lajak bahslarga tayyor. 

Ruhiyat doimgidek jangovar. Bu borada ham munosib tayyorlandik. Musobaqaning ilk o'yini doim qiyin o'tadi. G'alaba uchun o'ynaymiz. Muxlislarga bizni doim qo'llab-quvvatlashayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ularni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Bahodir Ahmedov. 

SHuningdek, iqtidorli futzalchi Husniddin Nishonov ham fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Ichki muhit juda zo'r. Tayyorgarlik yaxshi kechdi. Ispaniyalik mutaxassis bilan ishlab jismoniy holatimizni yanada optimallashtirdik. Bu yilgi Osiyo chempionatida Erondan oladigan revanshimiz bor. Vatanimizga yorug' yuz bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Ketishdan oldin biroz hayajon borligini hisobga olmasa, hammasi joyida. Nasib qilsa, yurtimizga medal bilan qaytish uchun bor kuchimizni ishga solamiz",- deydi Husniddin Nishonov. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика