So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  4 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  15 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

BAA tarkibida Franciya, Serbiya va tunislik futbolchilar O'zbekistonga qarshi debyut qilishi mumkin Yangiliklar

BAA tarkibida Franciya, Serbiya va tunislik futbolchilar O'zbekistonga qarshi debyut qilishi mumkin

Shuningdek, kelib chiqishi Braziliyaga borib taqaladigan bir nechta o'yinchilarning terma jamoadagi ikkinchi va uchinchi uchrashuvida maydonga tushish ehtimoli mavjud.

5 iyun kuni jahon chempionati 3-saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan BAA – O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi. 

Mezbonlarning ruminiyalik yangi bosh murabbiyi Kosmin Olariu bo'lajak bellashuvlarga bir qator futbolchilarga ilk marotaba milliy terma jamoa libosini kiyish imkoniyatini berishi mumkin.

Olariu ro'yxatidan o'rin olgan to'rt nafar futbolchi hali debyutini o'tkazmagan. Ehtimol, O'zbekistonga qarshi o'yinda ular debyutini amalga oshirlari mumkin. Keling, ular bilan tanishamiz.

Hamad al-Maqbaliy (darvozabon)

21 yoshli darvozabon "Shabab Al Ahli" klubi sharafini himoya qiladi. BAA Pro ligasida 23 o'yinda maydonga tushib, 18 marotaba darvozasidan to'p olib chiqdi, 10 ta o'yinda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. O'tgan yil terma jamoaga Arab kubogi turniri uchun chaqiruv olgan, biroq haligacha imkon berilmagan.

Sasha Ivkovich (himoyachi)

"Al Vahda"ning 32 yoshli mudofaa vakili Xorvatiyada tavallud topgan, ammo yoshlar toifasida Serbiya sharafini himoya qilgan. 2025 yil 21 fevralda FIFA Ivkovichning Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi sharafini himoya qilish to'g'risidagi so'rovini maqulladi.

Alaeddin Zuhir (himoyachi)

"Al Vahda"ning 25 yoshli orqa chiziq vakilining kelib chiqishi Afrika qitasidagi Tunis mamlakatiga borib taqaladi. Aynan Tunisning "Monastir" klubidan arab mamlakatiga yo'l olgan Zuhir keyinchalik BAA fuqaroligini oldi.

Junior Ndiae (hujumchi)

Ndiae Birlashgan Arab Amirliklarida tug'ilgan, biroq uning bolaligi Franciyada o'tgan va u Evropa mamlakatining o'smirlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Ndiae xalqaro miqyosda Franciya, Birlashgan Arab Amirliklari, Senegal va Kamerun tarkibida o'ynash huquqiga ega edi, biroq u Osiyoni tanladi. Ndiae o'tgan yili Qatar va Eronga qarshi o'yinlarga ilk marotaba chaqiruv oldi, biroq maydonga tushish baxtiga muyassar bo'lmadi.

Bonus: Luanzino (yarim himoyachi)

"Sharja" yarim himoyachisi debyutini Shimoliy Koreyaga qarshi bahsda o'tkazdi. Ammo shu o'yin kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan futbolchi uchun yagona hisoblanadi.

Shuningdek, kelib chiqishi Braziliyaga borib taqaladigan Lukas Pimenta (himoyachi), Kayo Lukas (hujumchi) BAA libosida ikkitadan uchrashuvda maydonga tushgan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика