So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  5 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

B PRO-liga. O'zbekiston tumanida yangi futbol mavsumi boshlanmoqda Yangiliklar

B PRO-liga. O'zbekiston tumanida yangi futbol mavsumi boshlanmoqda

Teglar :  PRO-ligaTuron
Bugungi kunda milliy futbolimizni yanada barqaror va jadal suratlar bilan rivojlantirish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

SHu kabi samarali ishlarning natijasi sifatida Farg'ona viloyati hokimi SHuhrat Madaminovich G'aniev tomonidan viloyatning har bir shahar va tumanlarida futbol sport turiga bo'lgan etiborni kuchaytirilishi hamda futbol jamoalarini tashkil etilishi borasida tegishli qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston tumani hokimi Qahramonjon Jo'raevning bevosita tashabbuslari bilan Yaypan shaharchasida "Turon" futbol jamoasi tashkil etildi. 2017 yilda tashkil etilgan jamoa 2018 yilgi mavsumda futbol Farg'ona viloyati birinchiligida chempionlikni qo'lga kiritdi. SHuningdek "Turon" 2018 yilgi Farg'ona viloyati kubogi finalchisi va "Navro'z" kubogi sohibi hisoblanadi.


Olib borilayotgan amaliy ishlarning samarasi sifatida 2019 yilgi mavsumdan boshlab tajribali murabbiy Bahrom Hakimov boshchiligidagi O'zbekiston tumanining "Turon" jamoasi B Pro-Liga musobaqalarida ishtirok etadi. Jamoa Otabek Isroilov, Mo'ydin Mamazulunov, Sobir Hamidov kabi tajribali futbolchilar bilan tarkibini kuchaytirib olgan. SHuningdek O'bekiston (U-19) terma jamoasi safida ishtirok etayotgan Asliddin Toshtemirov ham "Turon" futbol klubi azosi sanaladi.


"O'zbekiston" stadionining xozirgi holati

- O'zbekiston PFL tomonidan futbol uchrashuvlari o'tkaziladigan stadionlar holatini yaxshilash, o'yingohlarda muxlislar va OAV vakillariga qulay sharoitlarni yaratilishini taminlash borasida qo'yilayotgan talablar natijasida jamoamizning uy uchrashuvlari o'tkaziladigan stadion maysasi to'laqonli yangilandi, o'rindiqlar tamirlandi, futbol muxlislariga uchrashuvlarni stadionning o'zida tomosha qilish uchun sharoitlar yaratildi. Muxlislarmiz uchun yana bir yangilik, joriy mavsumdan etiboran tumanimiz hokimi tashabbuslari bilan stadionimiz "O'zbekiston" deb nomlanishi belgilab qo'yildi.Ayni damda tumanimizda Pro-Liga musobaqalarining ochilishiga katta tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdamiz. Yangi tashkil etilgan jamoamiz Omon G'ofurov, Diyor Imomxo'jaev kabi O'zbekiston PFL mutasaddi rahbarlari tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganligi bizga yanada ishtiyoq beradi. O'zbekiston PFL tomonidan ishlab chiqilgan klublarni licenziyalash talablari, reglamentning naqadar to'g'ri ekanligini bizning klub misolida ko'rish mumkin. Bularning natijasida stadionimiz mukammal va zamonaviy ko'rinishga keldi - deydi "Turon" futbol klubi prezidenti, bosh direktori Abduvahob Ahmadaliev.

2019 yil 11 aprel kuni "V" Pro-Liga musobaqalarining 1-turi doirasida "Turon" o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv-BFK" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuvdan oldin rasmiy shaxslar ishtirokida tumanda katta futbol musobaqalarining ochilish marosimi hamda koncert dasturlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика