So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  0 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  23 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

Azizbek Haydarov: "Telegram guruhlar orqali fikr almashib turibmiz" Yangiliklar

Azizbek Haydarov: "Telegram guruhlar orqali fikr almashib turibmiz"

"Tezkor studiya" mehmoni bo'lgan O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov karantin paytida ish qanday ketayotgani borasida o'z fikrlarini bildirdi.

Video "Tezkor studiya". Ravshan Ermatov, Alisher Nikimbaev, Diyor Imomxo'jaev, Aziz Haydarov va boshqalar

- Hammaga Assalomu Alaykum deb qolaman. Hammamizning boshimizga tushgan shu kunlar tezroq ortda qolsin va yana quvonchli kunlarga qaytaylik deb har kuni niyatdamiz. 

- Karantin paytida uyda qolayotgan bo'lsak-da, Telegram guruhlar orqali barcha terma jamoalar murabbiylari bilan muloqot qilib turibmiz. Har bir yosh bo'yicha Telgeram guruhlarimiz bor va mutaxassislar bilan o'zaro fikr almashib turamiz. Futbolchilar har kuni mashg'ulotlarni video tarzida yuborishyapti, biz esa bu borada o'z maslahatlarimizni beryapmiz. 

- Futbolchilarning uydagi mashg'ulotlarini Mirko Yelichich (O'zbekiston MTJ jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi) va boshqa yosh toifasidagi futbolchilarning mashqlarini boshqa murabbiylar kuzatib borishmoqda. Yana bir malumot, hozir har bir terma jamoada psixolog va dietolog ish boshlagan. Bu o'rinda futbolchilarning to'g'ri ovqatlanishiga ham katta etibor beryapmiz. CHunki uyda o'tirgandan keyin baribir harakat kam bo'ladi. 

- Karantin davri ortda qolib yana futbol o'yinlari davom ettiriladigan bo'lsa, bunga hammamiz tayyor bo'lishimiz kerak. SHu bois futbolchilar uchun uydagi mashqlar va ularni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Azizbek Haydarov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика