So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Aziz To'xtaboev: "Maqsad bitta – g'alaba" Yangiliklar

Aziz To'xtaboev: "Maqsad bitta – g'alaba"

Oliy liga 21-turida “Mashal” jamoasi ustidan g'alaba qozongan “Qo'qon-1912” jamoasi azolari navbatdagi tur o'yinini o'tkazish uchun Buxoro shahri tomon yo'lga otlanishdi.

Biz jamoa sardori Aziz To'xtaboevni suhbatga tortdik.

- Azizbek g'alaba muborak!
- Rahmat. O'yingohga kelgan muxlislarga quvonch baxsh etganimizdan xursandmiz.

-Jamoadagi muhit haqida bilishni istardik.

- Jamoadagi muhit alo darajada desam mubolag'a bo'lmaydi. Hamma bir-biri bilan axil. Murabbiylarimiz barchaga birdek munosabatda. Asosiysi bizga rahbariyat yaratib berayotgan sharoitga munosib javob berib, muxlislarni xursand qilish.

- Navbatdagi turni safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazish uchun safarga otlanyapsizlar. Jamoa oldiga Qanday maqsad qo'yilgan?

- Maqsad bitta – g'alaba! Buxorodagi o'yin biz uchun juda muxim. Biz albatta muxlislarni xursand qilish uchun maydonga chiqamiz.

-Buxoroliklar 2-davrada o'z maydonlarida “Nasaf”dan, safarda “Olmaliq” dan ochko olishga muvaffaq bulishdi.

- Nima demoqchi ekanligingizni tushundim. “Buxoro”ni etakchi jamoalardan ochko olgani bizni cho'chitmaydi. Bu futbol har narsa bo'lishi mumkin. Aytishadiku maydon tekis-to'p yumaloq. Biz o'z o'yinimizni namoiysh qilsak, barchasi o'z qo'limizda bo'ladi. Qo'qonlik muxlislarimiz bizdan faqat g'alaba kutishayotganlarini his qilib turibmiz.

- Siz jamoada sardorsiz, lekin bazi o'yinlarda zaxiradan maydonga tushmoqdasiz.

- Maydonga kimni tushirishni murabbiylar hal qilishadi. Men murabbiyning qarorini hurmat qilaman. Asosiysi natija. Menga bazi o'yinlarda zaxiradan tushib o'yinni kuchaytirish vazifasi berilmoqda. Har qanday holatda jamoamga yordam berish uchun tayyor turaman.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика