So’nggi yangiliklar

11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  0 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  2 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  12 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  4 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  8 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3

Aziz G'aniev: "Finalda o'yinni to'xtatmoqchi bo'lishgan edi" Yangiliklar

Aziz G'aniev: "Finalda o'yinni to'xtatmoqchi bo'lishgan edi"

30 yanvar kuni Qarshining "Nasaf" klubi o'z maydonida Iordaniyaning "Al Faysali" jamoasini qabul qiladi.

OCHL guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi saralash o'yini Qarshidagi "Markaziy" stadionda o'tkaziladi.

Biz "Al Faysali" klubi, uchrashuv hakamlari va "Nasaf"ning U-23 Osiyo chempionatida chempion bo'lgan 4 nafar futbolchisi bilan birga Qarshiga uchdik. O'z navbatida, bu fursatdan foydalanib o'ziga hos qahramonlarimizdan intervyu oldik. Quyida Aziz G'aniev bilan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Osiyo chempionatida Qatardan tashqari eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?
- Ummonga qarshi o'yin boshqalariga qaraganda qiyinroq bo'ldi. Ummon yaxshi jamoa ekan, uchrashuvdan keyin yigitlar ham biroz qiynalishganini aytishdi.

- Ravshan Haydarovni asosiy kuchi nimada?
- Murabbiyimiz hammani yig'ib birdamlikni kuchaytirdilar. Har bir bellashuvdan oldin yigitlarni yaxshi tayyorlay oldilar.


- Yarim finalda Janubiy Koreya darvozasini uzoq masofadan nishonga oldingiz. O'sha gol haqida gapirib bersangiz?
- Har o'yindan oldin uzoqdan zarba ber deb aytishar edi, o'sha paytda vaqti kelganini sezib eng kerakli lahzani poylab zarba berdim va o'xshadi. Bu gol bizni qo'llab-quvvatlab turgan xalqimiz uchun bo'ldi.

- Yarim finaldagi o'sha golingiz hozirgacha bo'lgan faoliyatingizdagi eng chiroylisimi?

- Albatta, bu shu bugungi kungacha urgan eng chiroyli golim.

- Hozirgi holatdan kelib chiqib aytsak, Aziz G'aniev ertaga maydonga tushadigan bo'lsa o'sha uslubda gol urishga qodirmi?

- Qodir. Nasib qilsa ertaga maydonga tushsam albatta chiroyli gol urishga harakat qilaman.

- Sizga uzoqdan zarba berishni asosan kim maslahat beradi va bu borada ko'proq o'rgatib turadi?
- Murabbiylardan Ro'ziqul aka Berdiev menga hamisha uzoqdan ko'proq zarba ber, senda bu yaxshi chiqadi deb aytadilar. SHu sabab, jarima zarbalarini ham ko'proq menga ishonishadi.

- Qor yog'ib turgan va muzlagan maydonda o'ynalgan final haqida nima deya olasiz?
- Ochig'i, bu narsalarga unchalik etibor bermadik. Birinchi bo'limdan so'ng o'yinni qoldirmoqchi ham bo'lishgan edi, lekin biz oxirigacha o'ynaymiz dedik. Sovuq ham, noqulay ob-havo ham bizga halaqit qilmasligini aytdik. Yigitlar bilan bir tan bo'lib maqsadga erishdik. O'sha payt oyoqlarimiz muzlab qolgan edi, lekin yugurib qizib olganimizdan keyin bu narsa bilinmay ketdi.

- Finalda Andrey Sidorov maydonga tushganidan keyin murabbiy sizlarga maxsus ko'rsatma berdimi?

- Bu narsa o'yindan oldin malum edi. Yani, agar zarur bo'lsa ikkinchi hujumchini tushirib qanotlardan havolatib to'p oshirish va ko'proq etiborni standart vaziyatlarga qaratish taktikamiz oldindan bor edi.



- Sizga o'tgan yil "Dinamo" (Kiev) va "Zenit" klublaridan qiziqish bo'lgan edi. Hozirgi kunda real olib qaraganda qaysi chempionatlarda o'ynab keta olishingizga ko'zingiz etadi?
- Evropa jamoalarida o'ynab ketishga kuchim etadi, o'ynab keta olaman nasib qilsa.

- Hozir Osiyoning grand jamoalaridan taklif tushsa, pullar Aziz G'anievni alday oladimi yoki Evropada o'ynash uchun navbatingizni kutasizmi?

- Ayni paytda harakatlarim Evropaga qaratilgan, iloji boricha Evropani mo'ljallayapman. Aniq aytadigan bo'lsam, pul eng birinchi rolni o'ynamaydi.

- Siz qaysidir futbol agenti yoki agentligi bilan hamkorlik qilasizmi?
- Bir qator agentlar aloqaga chiqishdi, lekin hozircha hech biri bilan shartnoma imzolamadim. Bu borada shoshilmayapman, mening taqdirimni klubim hal qiladi.

- Haydovchilik guvohnomangiz bormi?

- Ha.

- Demak, Malibuni o'zingiz minib yurasizmi?

- Nega endi, uni dadam minib yuradilar. Ularga sovg'a bo'ladi.

- Aziz G'aniev kelajakda Odil Ahmedovdek bo'la oladimi?
- Nasib qilsa, albatta bo'ladi. SHunga harakat qilaman va bunga ko'zim etadi.

- Agar ertaga Ro'ziqul Berdiev sizni maydonga tushirishni mo'ljallasa va sizdan jismonan tayyorligingiz haqida so'rasa, 2 kun oldin 120 daqiqa o'ynagan o'yinchi sifatida nima deb javob berasiz?
- Ertangi o'yinga tayyormiz. Buni butun xalqimiz kutmoqda, agar maydonga tushsak har qanday holatda ham bor kuchimizni beramiz va gol urishga ham harakat qilamiz.


Tolibjon Qosimov va SHahboz Beg'amov suhbatlashdi

Reyting: +144   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика