Aziz Asimov FIFA referiligiga qaytdi
06 jan 2024 17:09
Yangiliklar
Aziz Asimov FIFA referiligiga qaytdi
Yangilangan tarkibga ko'ra, mamlakatimizdan umumiy 28 nafar hakam 30 ta poziciya bo'yicha FIFA hakamligi ro'yxatidan o'rin olgan.

"2024 yilda FIFA hakamlarimiz qatorida yangi nomlarni uchratish mumkin. Joriy yildan etiboran tajribali hakamimiz Aziz Asimov FIFA hakamligiga qaytdi, shuningdek, ro'yxatda so'nggi yillarda o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olgan yordamchi hakam Akmal G'iyosov, futzal bo'yicha yosh hakamlarimiz — Adham Rixsiboev hamda Husniddin Bahodirov kabi nomlarga ko'zingiz tushadi.
O'zbekiston futbolida ayol hakamlarga qaratilayotgan etibor samarasi o'laroq, joriy yilda ham bosh hakamlarimiz Edita Mirobidova va Roziyabonu Yusupova, yordamchi hakam Zilola Rahmatova, shuningdek, futzal hakami Aleksandra Konchikova xalqaro maydonlarda ayollar futboli hakami sifatida ishlashi mumkin bo'ladi", – deyiladi O'zFHM xabarida.
FIFA hakamlarimizning umumiy ro'yxati bilan yuqoridagi suratda yoki ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar