So’nggi yangiliklar

23:13As ўқувчиларининг 72% Винисиуснинг "Реал" билан шартнома узайтиришига қарши  0 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  1 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  0 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  2 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  5 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  5 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  3 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  21 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3

Azar faoliyatidagi eng yaxshi o'yin haqida gapirdi Yangiliklar

Azar faoliyatidagi eng yaxshi o'yin haqida gapirdi

Teglar :  Eden AzarBelgiya
“CHelsi” va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Eden Azar faoliyatida qaysi uchrashuv eng yaxshisi ekanligiga oydinlik kiritdi.

“O'ylashimcha, JCH-2018 chorak finalida Braziliya termasi ustidan qozonilgan g'alaba faoliyatimdagi eng yaxshi o'yin sifatida esda qolgan. Takidlashim joiz, bu bellashuvda men na gol urganman, na golga hammualliflik qilganman. Odamlar doim mendan samarali harakatlarni kutishadi. Ammo biz bir jamoa sifatida ajoyib o'yin ko'rsatganmiz. Braziliyani mag'lub etish hech qachon oson bo'lmagan. Bu besh karra jahon chempioni degan nomga ega dunyodagi yagona mamlakat. Ammo biz ularga qarshi fantastik o'yin ko'rsatib, g'olib chiqqamiz. Bu match va undagi hayajon bir umr yodimdan chiqmasa kerak.

Men Belgiya termasi bilan uchta yirik musobaqada qatnashdim. Ammo JCH-2018 men uchun katta saboq bo'ldi. SHasxan men uchun, futbolchilar va muxlislar uchun bu katta natija bo'ldi. Biz musobaqa yarim finaliga qadar etib bordik. 1986 yilgi mundialda Belgiya 4-o'rinni qo'lga kiritigan va o'shanda butun mamlakat bu haqda gapirgandi. Biz esa bu gal JCHda 3-pog'onani egalladik. Rossiyadaga Bryusselga qaytganimizda, mamlakatdagi bayramni ko'rib nima uchun futbol o'ynayotganimizni tushunib etganman. Muxlislar va futbolchilar o'rtasida mustahkam aloqa o'rnatilganligi bunday yuksak natijani qo'lga kiritishimizga asosiy sabablardan biri bo'lgandi”, deya “CHelsi” hujumchisining fikrlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика