Azar: "Belgiya bundan yaxshiroq o'ynay oladi, lekin birinchi o'yinda g'alaba qozonish har doim yoqimli"
24 noy 2022 12:14
Yangiliklar
Azar: "Belgiya bundan yaxshiroq o'ynay oladi, lekin birinchi o'yinda g'alaba qozonish har doim yoqimli"
Belgiya terma jamoasi sardori Eden Azar JCH-2022 uchrashuvida Kanada ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.
"Biz bundan yaxshiroq o'ynay olamiz, lekin birinchi o'yinda g'alaba qozonish har doim yoqimli. Birgalikda rivojlanishda davom etamiz. Kanadaliklarda yaxshi o'yinchilar bor, biz buni bilardik, ularning o'yinlarini kuzatganmiz.
Birinchi bo'limni unchalik yaxshi o'tkaza olmadik, kurashda qatnashmadik. Ikkinchi bo'lim yaxshiroq o'tdi, ammo biz hali bundan yaxshiroq o'ynay olamiz. SHaxsan men butun uchrashuvda o'ynamasligimni bilardim. Yana biroz o'ynagan bo'lardim, lekin bor kuchimni berdim", – dedi Azar.
Belgiya 3 ochko jamg'arib, "F" guruhida peshqadam bo'lib oldi.
Belgiya keyingi turda Marokash, Xorvatiya esa Kanada bilan o'ynaydi. Har ikki o'yin 27 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
13:29
O'zbekiston Jahon chempionatiga tayyor (Kichik mundial haqida bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar) 3
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar