So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Azamat Allaniyazov: "Nasaf"ning yubiley 1000-golini kiritishni rejalashtirib qo'ydim" Yangiliklar

Azamat Allaniyazov: "Nasaf"ning yubiley 1000-golini kiritishni rejalashtirib qo'ydim"

Oliy liga 21-turining ramziy terma jamoasidan o'rin olgan "Nasaf" hujumchisi Azamat Allaniyazov o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Turning ramziy terma jamoasiga kiritiilganimni ko'rib xursand bo'ldim. To'g'risini aytish kerak, buni kutmagandim. Har bir futbolchi uchun bu kabi narsalar juda yoqimli albatta. "SHo'rtan"ga qarshi o'yinda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Endi bor etiborni "Lokomotiv" bilan bo'ladigan bahsga qaratamiz. Bizni juda jiddiy bellashuv kutib turibdi. "Lokomotiv" kuchli jamoa. Ularga qarshi o'yinda hech kimga oson bo'lmaydi. Birinchi o'yinda o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritgandik. Finalga chiqishimiz uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Ushbu imkoniyatdan foydalanishimiz lozim. Gol urishda davom etamanmi? Albatta, har bir hujumchi maydonga tushayotganda gol urishni o'ylaydi. Bizning vazifamiz gol urish va jamoaga yordam berish. Bu o'yinda ham gol urib, minglab muxlislarimizni xursand etishga harakat qilaman. Final chiptasini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Keyingi o'yinimizni ham yana "Loko"ga qarshi chempionat doirasida o'tkazamiz. "Nasaf"ning Oliy ligadagi kiritgan gollari "SHo'rtan" bilan uchrashuvdan keyin 999ta bo'lganidan xabarim bor. Bu haqda "championat.asia" saytida o'qigandim. SHu boisdan jamoamizning yubiley golini urib, tarixga kirishni o'ylab qo'ydim. Xudo xohlasa "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlarda muxlislarimizni xushnud etishga harakat qilamiz", - deydi Azamat Allaniyazov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика