Azamat Abduraimov: "Tolibjonov nima uchun yana "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuviga tayinlanganini bilmayman"
15 mar 2014 19:52
Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Tolibjonov nima uchun yana "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuviga tayinlanganini bilmayman"
"Andijon" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
"Birinchi o'yin biz uchun bayram edi. Faoliyatimda birinchi marta men boshqarayotgan jamoa o'yinini ko'rish uchun stadionga shuncha odam keldi. Bugun mag'lub bo'ldik, lekin uchrashuv tugagach men yigitlarga o'yin uchun rahmat aytdim. Hali barchasi oldinda. Muxlislarni yangi mavsum bilan tabriklayman. Bizni qo'llab-quvvatlab turishgani uchun rahmat aytaman.
Raskovni almashtirishga sabab Iskanderov bizga birinchi bo'limda bizga katta tashvish tug'dirdi. SHu bois bitta hujumchi o'rniga Bekzod G'oziev maydonga tushirdik.
Kechasi bilan yoqqan yomg'ir maydon holatini juda yomon holga olib keldi. SHu bois kombinaciyalar tashkil qilishda qiyinchilikka duch keldik.
Olim Tolibjonovni nima uchun yana "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuviga tayinlanganini bilmayman. Biz 2012 yilgi mavsumdagi tarafkashlik qilib boshqarganini yodga olib PFLga xat bilan murojaat qildik. Ammo bu xat etiborsiz qoldi. Ikkinchi marta bu hakam "Paxtakor"ga qarshi o'yinda Andijonda ishladi... Ikkinchi bo'limda penalti berilmadi, bu erda menimcha bu toza penalti edi.
Bugun hakamlar tufayli mag'lub bo'lagnimiz yo'q. Mahalliy futbolchilar doim tarkibda bo'lishgan, bundan keyin ham bo'ladi. Lekin oliy ligada faqat andijonlik futbolchilarni o'ynatish majburiyati yo'q. Kim o'yinga tayyor bo'lsa o'sha o'ynaydi. Agar mahalliy futbolchilarni maydonga tushiraversam va birinchi ligaga tushib ketsak muxlislar kelib rahmat deyishmaydi, natija ham muhim. Masalan, Abdurahimov o'zini ko'rsatmoqda va asosiy tarkibda o'ynamoqda. O'z maydonimizdagi keyingi o'yinni "Mashal"ga qarshi o'tkazamiz. O'sha o'yinga barchani taklif qilaman", - deydi Azamat Abduraimov.
Islombek Rustambekov yozib oldi

Fikrlar