So’nggi yangiliklar

09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  0 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  1 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  9 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  46

Azamat Abduraimov: SHogirdlarimning bor mahoratini ishga solib ishlayotganidan mamnunman Yangiliklar

Azamat Abduraimov: SHogirdlarimning bor mahoratini ishga solib ishlayotganidan mamnunman

Ayni paytda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda navbatdagi yig'inini davom ettirmoqda. Azamat Abduraimov O'FA rasmiy saytiga yig'in, oldindagi rejalar va maqsadlar xususida gapirib o'tdi:

– Birinchi galda biz joriy yil hisobidan ilk yig'inni yanvar oyidayoq o'tkazayotganimizdan xursandligimni aytib o'tmoqchiman. Odatda yilning ushbu oyida tatilda bo'lar edik.

Bizning bosh maqsadimiz – o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'l olish. SHu sababdan ish va tayyorgarlik rejasi o'zgacha, zero oldimizga ulkan maqsadlar qo'yyapmiz.

Bir necha kundan keyin terma jamoamiz Belarusda o'tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

To'g'ri, ushbu musobaqada 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar qatnashadi va ular bizdan 1 yoshga katta. Lekin natijadan ko'ra, tayyorgarlik jarayoni biz uchun muhim. SHuning uchun musobaqada ishtirok etishga rozilik berdik. Qolaversa, Evropa jamoalari bilan kuch sinashish uchun yaxshi imkoniyatga egamiz.

Bizda ish rejasi bor, jismoniy holat bo'yicha ko'p ish olib boryapmiz, test jarayoni o'tkazdik, kim qanday sport formasidaligini tekshirib oldik, to'psiz ko'p mashq o'tkazyapmiz, kross, trenajyor zalida ishlayapmiz, jismoniy holatni yaxshilash bo'yicha ishlayapmiz.

Yig'in doirasida 2 ta o'yin rejalashtirilgan. Birinchi o'yinni 12 yanvarda “Bunyodkor” 2003 bilan o'ynab, g'alaba qozondik. 16 yanvarda esa “CHig'atoy” 2002 bilan bahs olib boramiz.

Men yigitlarning avvalboshdan bor kuch va mahoratini ishga solib mashq qilayotganidan mamnunman. Jamoada tartib joyida. Ular jamoada raqobat mavjudligini juda yaxshi bilishadi, yig'inda 25 nafar o'yinchi qatnashmoqda. Minskka esa 18 nafar futbolchi boradi. SHuning uchun har bir o'yinchi o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti.

Hozir asosiy etiborni nazariyaga qaratyapmiz, hozir Osiyo chempionati saralash bahslarini tahlil qilib chiqdik. Maqsadimiz – final bosqichiga chiqish edi. SHuning uchun doim ham chiroyli va hujumkor o'yin ko'rsatmadik. Biz uchun natija eng muhimi edi. Biz maqsadga erishdik va endi ishlash uchun bemalol vaqtimiz bo'ladi.

Tarkibimizdagi yigitlar yosh bo'lgani uchun har kuni nazariy mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. Har safar kim qaysi poziciyada turishi lozimligi, qaerda qanday harakat qilishi kerakligini yaxshilab tushuntiryapmiz. Bunga ko'p vaqt ketadi, lekin busiz jamoa tuza olmaysan.

2020 yilga rejalarimizdan asosan oldin bizga etishmagan xalqaro o'yinlar o'rin olgan. Minskdagi musobaqa, Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon, Ozarbayjon bilan o'yinlar.

Yig'inlar, xalqaro o'yin va musobaqalar orqali biz sekin-asta tarkibni aniqlashtirib boramiz, qolaversa o'zimiz istagan – hujumkor, pressing va himoyadan o'yinni yo'lga qo'yamiz. Hozircha raqiblarimizni bilmaymiz, lekin biz kuchli termalarga qarshi tayyorlanyapmiz – Yaponiya va Koreya. Ushbu musobaqada oddiy jamoalar bo'lmaydi, faqat kuchli raqiblar bo'ladi. Bazilar bilan oldinga o'tib, bazilar bilan esa himoyadan turib o'ynash lozim bo'ladi. Bazan tashabbusni berib, qarshi hujumlardan unumli foydalanish ham zarur bo'lishi mumkin. Bu narsalarni esa oldindagi musobaqa va o'yinlarda ishlab chiqamiz, – dedi murabbiy.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика