So’nggi yangiliklar

13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  14

Azamat Abduraimov: "Lokomotiv" chempionlikka xos tarzda o'ynadi" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Lokomotiv" chempionlikka xos tarzda o'ynadi"

"Lokomotiv" - "Andijon" (4:0) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi ishtirok etdi.
"O'yinimiz o'xshamadi. Bugun "Lokomotiv" chempionlikka xos o'ynadi. "Andijon" bugun mahorat bobida raqibdan kuchsiz edi. Menimcha biz bugun chempionlikka kurashadigan jamoaga mag'lub bo'ldik. Afsus bilan tan olish kerakki biz hozirgi vaqtda "temiryo'lchilar"dan kuchsizmiz",  - deydi Azamat Abduraimov.

"Mag'lubiyatda barchaning aybi bor, murabbiylar shtabining ham, futbolchilarning ham. Jamoaning hujumida muammolari ko'p, bugun himoyamizda ham muammolar ham borligini ko'rsatib berdi. G'alaba qozonsa jamoa yutadi, mag'lub bo'lsa - murabbiy. Vaziyatni o'nglash uchun bor kuchimiz bilan ishlashda davom etamiz".

"Faqat bugungi uchrashuv bilan o'yinimizga baho berish kerak emas. Ammo o'z maydonimizda "Dinamo"ga qarshi o'tgan bahsda biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatgandik. Ammo o'yin qanchalik yaxshi bo'lsa ham natija bo'lmasa qiyin. Bugun esa o'yin ham, natija ham bo'lmadi".

"Kecha jamoa meni tug'ilgan kunim bilan tabrikladi. Ularga eng yaxshi sovg'a "Lokomotiv" ustidan qozoniladigan g'alaba bo'lishini aytdim. Afsuski bugun ular buni eplay olishmadi", - deydi kecha o'z tug'ilgan kunini nishonlagan Azamat Abduraimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика