So’nggi yangiliklar

17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  1 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  2 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  6 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  3 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  4 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  5 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  2 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  1 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  8 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  18 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1

Ayollar o'rtasida O'zbekiston kubogi. Final oldidan hisob-kitoblar Yangiliklar

Ayollar o'rtasida O'zbekiston kubogi. Final oldidan hisob-kitoblar

Bugun muhtasham “Bunyodkor” stadionida ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston kubogining hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkaziladi.

Unda Toshkentning “Bunyodkor-W” hamda Jizzaxning “So'g'diyona-W” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. 

Kubok o'yinlari hisob bo'yicha 20-marotaba tashkil etilmoqda. Yubiley musobaqa 2002 yilda start olgan va shu kungacha bor-yo'g'i to'rtta jamoaga nasib etgan. Kubokning ilk g'olibi “Andijanka” hisoblanadi. Andijonliklar ketma-ket uch yil bosh sovrinni hech kimga bermagan, jami bo'lib to'rt marta kubok sohibi bo'lgan. 20-marta o'tkazilayotgan Kubok o'yinlarining teng yarmida “Sevinch”ning omadi kelgan. Qarshiliklar ikki marotaba ketma-ket to'rt yildan bosh sovrinni o'ziniki qilgan. “Metallurg-W” uch, “Bunyodkor-W” azolari esa ikki marotaba rubokni boshi uzra ko'targan.

Hal qiluvchi o'yinda “Bunyodkor-W” to'rtinchi marotaba maydonga tushadi. “Qaldirg'ochlar” dastlab 2017 yilgi mavsumda finalgacha etib borgan. So'nggi uchrashuvda “Bunyodkor-W” azolari Bekobodning “Metallurg-W” jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. O'shanda “Metallurg-W” uchinchi marta bosh sovrin sohibi bo'lgan. 2019 va 2020 yilgi mavsumlarda omad “qaldirg'ochlar”ga kulib boqdi. Elmira Gulyamova shogirdlari avvaliga “Sevinch”ni, keyingi yilda esa “So'g'diyona-W”ni bir xil hisoblarda (2:0) mag'lubiyatga uchrata olgan. 

Bugungi finalchilardan biri “So'g'diyona-W” esa hal qiluvchi o'yinda uchinchi marta maydonga chiqyapti. Ilk bor 2018 yilgi mavsum finalida jizzaxliklar “Sevinch”ga yutqazgan edi (0:3), o'tgan yili esa, yuqorida tilga olganimizdek, o'z maydonida “Bunyodkor-W”ga kuchi etmagan.


Ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogining barcha sohiblari:

2002 yil – “Andijanka” (Andijon)

2003 yil – “Andijanka” (Andijon)

2004 yil – “Andijanka” (Andijon)

2005 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2006 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2007 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2008 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2009 yil – “Andijanka” (Andijon)

2010 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2011 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2012 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2013 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2014 yil – “Metallurg-W” (Bekobod)

2015 yil – “Metallurg-W” (Bekobod)

2016 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2017 yil – “Metallurg-W” (Bekobod) 

2018 yil – “Sevinch” (Qarshi)

2019 yil –  “Bunyodkor-W” (Toshkent)

2020 yil – “Bunyodkor-W” (Toshkent)

2021 yil - ?????

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика