So’nggi yangiliklar

17:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  10 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  3 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  9 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2

Ayollar Oliy ligasi. "Neftchi-W" futbolchilari bir necha oydan beri maosh olmayotganliklari sababli maydonga chiqishdan bosh tortishdi Yangiliklar

Ayollar Oliy ligasi. "Neftchi-W" futbolchilari bir necha oydan beri maosh olmayotganliklari sababli maydonga chiqishdan bosh tortishdi

Bugun ayollar Oliy ligasi 24-tur doirasidagi "Neftchi-W" - "Sevinch" o'yini bo'lib o'tmadi.

"Bugun ayollar Oliy ligasining 24-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo, so'nggi daqiqalarda Farg'onada bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Neftchi-W» va «Sevinch» jamoalari o'rtasidagi o'yin bekor qilindi. 

Bunga sabab, «Neftchi-W» jamoasi futbolchilari bir necha oydan beri maosh to'lanmaganligi sababli maydonga chiqishdan bosh tortishgan. Musobaqa reglamentiga ko'ra, ushbu o'yinda «Neftchi-W» jamoasiga texnik mag'lubiyat qayd etildi. 

Hozirda «Navbahor-W» va «So'g'diyona-W» jamoalarida ham shunga o'xshash muammolar mavjud.

O'zbekiston futbol associaciyasi ushbu voqeani etibordan chetda qoldirmaydi va futbolchilarga ish haqlarining to'lanishi hamda ayollar futbolida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan masalani qatiy nazoratga oladi", — deyiladi xabarda.


Oldinroq, Championat.Asia bosh muharriri Narzulla Saydullaev bu haqda o'z telegram sahifasiga yozdirib qoldirgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика