So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  6 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  1 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  15 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Ayollar futzali. "Sevinch" - 11 karra O'zbekiston kubogi sohibi Yangiliklar

Ayollar futzali. "Sevinch" - 11 karra O'zbekiston kubogi sohibi

Xabaringiz bor Jizzax shahrida XII bor Ayollar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi o'tkazilmoqda.

Bugun ushbu turnirning hal qiluvchi final o'yini bo'lib o'tdi. Finalga mezbon Jizzaxning "So'g'diyona" hamda Qarshining "Sevinch" jamoalari etib kelishdi.

Uchrashuv "Sevinch" jamoasining hujumlari bilan boshlandi va dastlabki 10 daqiqa ichida raqib darvozasiga 4 ta to'p kiritdi. Birinchi bo'lim so'nggicha esa jamoa yana shuncha gol urdi, Jizzaxliklar esa bitta gol bilan javob qilishdi.

Ikkinchi bo'lim esa birinchisiga qaraganda yanada qiziqarli tarzda boshlandi. "So'g'diyona" jamoasi yanada faollikni oshirdi. Bo'limning 4 daqiqasida "Sevinch" futzalchisi Malika Burxonova raqib futzalchisiga qo'pol o'ynagani sabab bir vaqtning o'zida ikki marta sariq kartochka ko'rsatildi va maydondan chetlatildi. Keyin ham "Sevinch" faollikni tushirmadi va yana gollar urishda davom etdi. O'yin yakunigacha Qarshiliklar yana 3 ta gol urishdi va o'z tarixlarida 11-marta O'zbekiston kubogi sovrindoriga aylanishdi.

Uchrashuvdan so'ng taqdirlash marosimi o'tkazildi. CHempion jamoa "Sevinch" klubiga bosh sovrin kubok hamda har ikki jamoa futzalchilariga esdalik uchun sovg'alar topshirildi.


FINAL
"Sevinch" - "So'g'diyona-W" 11:1

Gollar:
Aziza Norboeva 4' (avtogol) 1:0. Nilufar Qudratova 6' 2:0. SHoira Qulturaeva 7' 3:0. Maftuna SHoimova 9' 4:0. Maftuna SHoimova 14' 5:0. SHoira Qulturaeva 15' 6:0. Nilufar Qudratova 17' 7:0. Dadaboeva Xolida 17' 7:1. Maftuna SHoimova 20' 8:1. Nilufar Qudratova 28' 9:1. Maftuna SHoyimova 32' 10:1. Maftuna SHoyimova 34' 11:1.

TARKIBLAR:
"Sevinch”:

Birinchi beshtalik: 16. Maftuna Jonimqulova, 9. Maftuna SHoyimova (s), 14. Gulzoda Amirova, 37. Malika Burxonova, 77. Nilufar Qudratova.
Zaxira: 1.Laylo Tilovova, 8. Laylo SHodieva, 15. SHoira Qulturaeva, 25. Diyora Erkinova, 27. SHodiya Tosheva.

"So'g'diyona W":
Birinchi beshtalik:
22.Nozima Hasanova, 3.Ug'iloy Quchqarova, 10.Aziza Norboeva, 17.Tanzilya Zarbieva (s), 25.Ezoza SHaripova.
Zaxira: 4.Nasiba Xojieva, 5.Nafisa Nabiqulova, 11.SHahzodv Jamolova, 12.Zarina Mamatkarimova, 13.Yulduz SHodieva, 19.Lianna Narbekova, 20.Sabina Amanova, 21.Xolida Dadaboeva, 23.Diyoraxon Xabibullaeva, 27.Dinora Payziqulova, 99.SHaxzoda Fayzullaeva.


Og'abek Samisov



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика