So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Aydaraning mo'jizali goli va Karasyovning omadsiz qarori. Zalcburgda nima sodir bo'ldi? Yangiliklar

Aydaraning mo'jizali goli va Karasyovning omadsiz qarori. Zalcburgda nima sodir bo'ldi?

Zalcburgda olov bo'ldi! SHu munosabat bilan Sergey Karasyovning qaroriga rahmat aytaman.

Salzburg

Amadou Haidara - 53', Bouna Sarr - 65'

Europa League Final Stage . 1/2-tur

04/05/2018, 00:05

1
:
2
Finished AET

Marseille

Rolando - 116'

Stadion: Red Bull Arena, 29520 tomoshabin

Bosh hakam: Sergei Karasev

45'
90'
120'
53'  Amadou Haidara
65'  Bouna Sarr
69'  Fredrik Gulbrandsen (Hee-Chan Hwang)
75'  Amadou Haidara
84'  Xaver Schlager (Takumi Minamino)
86'  Andre Ramalho Silva
94'  Duje Caleta-Car
97'  Andreas Ulmer (Marin Pongracic)
117'  Munas Dabbur
119'  Amadou Haidara
35'  Bouna Sarr
39'  Maxime Lopez
57'  Adil Rami
66'  Maxime Lopez (Andre-Frank Zambo Anguissa)
77'  Valere Germain
84'  Valere Germain (Clinton N'Jie)
84'  Dimitri Payet
100'  Jordan Amavi
101'  Morgan Sanson (Rolando)
116'  Rolando
116'  Dimitri Payet
118'  Rolando
120'  Yohann Pele


Evropa ligasi yarim finalida hafsalam pir bo'ldi. "Red Bull Zalcburg" va "Marsel" o'rtasida bo'lib o'tgan o'yin, bundan avvalgi yarim final "Atletiko" va "Arsenal" o'rtasidagi bahsdan ham qiziqarli bo'ldi. Francuzlar "Velodrom"da g'alaba (2:0) qozonib qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq, har qanday hisob ham hech nimaga kafolat bermasligiga o'tgan mavsum o'rgatib qo'ydi. O'zingizni botqoqdan chiqarib olish uchun, faqat o'zingizga ishonishingiz va o'z futbolingizni o'ynashingiz kerak. Bir oz hakamning ham yordami kerak, qanday qilib busiz bo'lmasligi mumkin.

"Marsel" 53 daqiqaga qadar ikkita to'p farqi bilan ustunlik qilayotgan edi. Ammo, shu vaqtda ajoyib voqea sodir bo'ldi. "Buqalar"ning yarim himoyachisi Amadu Aydara jarima maydonchasidan uzoqda Yoana Peledan to'pni olib qo'ydi va ko'p o'ylab o'tirmay to'pni raqib darvozasiga osonlik bilan joylab qo'ydi. Bu holatda Pelening ismi Aydaraning o'zi uchun mos keldi. 20 yoshli malilik futbolchi 4 nafar raqib futbolchisini ortda qoldirib gol urdi.

KARASYOV YANA CHETLATDI

Keyinroq rossiyalik hakamlar brigadasi Sergey Karasyov va uning yordamchilari Anton averyanov va Tixon Kalugin birinchi planga chiqishdi. Ushbu yarim final Karasyov uchun bu yilgi Evropa ligasidagi beshinchi o'yin bo'ldi. Bungacha u "Xayduk" - "Everton", "Konyaspor" – "Marsel", "Red Bull Zalcburg" – "Real Sosedad" va "Atletiko" – "Sporting" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqargan. Karasyov o'tkazgan mana shu o'yinlarda 3ta penalti belgilagan va 2 nafar futbolchini maydondan chetlatgan. Moskvalik hakam Avstriyada 11 metrlik nuqtani ko'rsatishni yodidan ko'tardi, ammo yana qizil kartochka ko'rsatdi.

Avval "Buqalar" 65 daqiqada ikkinchi golni raqib darvozasiga urganda "Marsel" futbolchilari Karasyovga etiroz bildirishdi. Aniqrog'i, "Marsel" himoyachisi Buna Sarra o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygandi. Franciyaliklar hujum vaqtida o'yindan tashqari holatda bo'lishdi va to'pni qo'li bilan o'ynab ikkita qoidabuzarlikni amalga oshirishdi. Bu vaziyatda Karasyov yordamchilari bilan to'g'ri qaror qabul qilishdi. 87 daqiqada "Zalcburg" himoyachisi Duye CHaleti-Caraning qo'liga to'p tekkandan keyin rossiyalik hakamda 11 metrlik jarima zarbasi belgilashga asos bor edi. Xorvat biroz qo'rqib ketdi va o'yin qo'shimcha taymlarga ulanib ketdi.

NOHAQ BURCHAK TO'PI

O'yin penaltilar seriyasiga qadar davom etishi mumkin edi, ammo 116 daqiqada Karasyov shubhali qaror qabul qildi. To'p "Marsel" futbolchisidan maydon tashqarisiga chiqib ketgan bo'lsa ham, rossiyalik bosh hakam "Zalcburg" darvozasi tomon burchak zarbasi belgiladi. Dmitri Payet burchak zarbasidan ajoyib tarzda to'pni jamoadoshlariga uzatdi, zaxira o'rindig'idan maydonga tushgan Rolandu haqiqiy hujumchilardek o'yin ko'rsatdi va to'pni raqib jamoa darvozasiga joylab qo'ydi.


Agarda final hushtagi chalingunga qadar biroz ko'proq vaqt bo'lganida, avstriyaliklar o'yindan burilish yasashi mumkin edi. Uch daqiqadan so'ng, Aydara antiqahramonga aylanmasligi uchun, o'yin tizginini o'zgartirdi. Malilik futbolchi Payetga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ish qildi. Karasyov "Zalcburg" futbolchilariga bor yo'g'i 14 marotaba sariq kartochka ko'rsatdi. SHulardan ikkitasi qizil kartochkaga qadar bordi. Rossiyalik hakamlar uchun ikki soat juda ham qiyin o'tdi.

Endi "Marsel" 16 may kuni Lionda Evropa ligasi finalida Ispaniyaning "Atletiko" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Championat.com saytidan Jahongir Sotvoldiev tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика