Aybek Nurbaev: "O'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik"
15 avg 2024 23:10
Yangiliklar
Aybek Nurbaev: "O'z xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik"
O'yin haqida
- "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin jangovor ruhda o'tdi. Birinchi bo'limda vaziyatlarimiz bo'ldi, gol kiritishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqmadim. Futbol o'ynamadik, zaxiradan tushganlar ham o'yinni kuchaytirmadi. Balki uzoq yo'l tufayli yigitlarda charchoq kuzatilgandir.
- Birinchi bo'limda jamoangiz yaxshi o'ynab turgandi. Ikkinchi bo'limda buning aksi kuzatildi. Buning sababi nima?
- Yigitlar harakat qilishdi. Diqqat-etiborni yo'qotdik. Bu charchoq tufayli. Himoyada xatolar kuzatildi. Yomon o'ynamayotgan edik.
- Hakamlik haqida fikringiz qanday?
- Hakamlar ishiga baho bermayman. Ularning ishini o'rganadigan qo'mita bor. O'yin nazoratchisi bor, xato qilsa, bahosini beradi. Yutqazdikmi, o'zimiz yutqazdik, hakamlikning aloqasi yo'q. Demak, xatolarga yo'l qo'ydik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar