Avstraliya bosh murabbiyi: "Yoshlarga imkon beramiz"
03 sen 2018 12:09
Yangiliklar
Avstraliya bosh murabbiyi: "Yoshlarga imkon beramiz"
FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Avstraliya terma jamoasi Antaliyada o'quv-mashg'ulot o'tkazadi.
Yig'in doirasida Avstraliya termasi bosh murabbiyi Grexem Arnold 31 nafar futbolchini taklif etdi. Futbolchilar orasida bir nechta yoshlar ham bor.
Grexem Arnold jamoani Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorlashni maqsad qilgan. Murabbiy yig'in oldidan shunday dedi: "Turkiyadagi yig'in biz uchun jahon chempionatidan so'ng ilk yig'ilish bo'ladi. Biz u erda etti kun mashg'ulot olib boramiz. Men jamoani va o'yinchilarni alohida o'rganishga harakat qilaman. Mashg'ulotlarda 31 futbolchi qatnashadi. Ular orasida yoshlar ham bor. Mening asosiy maqsadim terma jamoani yoshartirish".
Fikrlar