Rasmiy xabar: Avazbek O'lmasaliev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
11 jan 2022 17:17
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Avazbek O'lmasaliev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
22 yoshli Avazbek O'lmasaliev "sherlar" bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.
O'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan O'lmasaliev erkin agent sifatida "Paxtakor" safiga ko'chib o'tdi va ikki yillik kelishuv imzoladi. Himoya va yarim himoyada o'ynay oladigan Avazbek Superligada debyutini 17 yoshida "Neftchi" tarkibida nishonlagan. Superligada hozirga qadar "Neftchi", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" safida 63 uchrashuvda 8 gol muallifiga aylangan.
"Yosh futbolchi jamoamiz bilan ko'plab sovrinlarga qo'lga kiritishiga umid qilamiz. "SHerlar" safiga xush kelibsan, Avazbek!", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "sherlar" mashg'ulotida o'tgan mavsum "Bunyodkor"da o'ynagan Avazbek O'lmasaliev ham ishtirok etganini malum qilgandik.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar