So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Avazbek O'lmasaliev - 17 yoshida "Rubin" va "Anji"da ko'rikda bo'lgani, "Paxtakor"ga o'tishi va "Neftchi" taklifi haqida Yangiliklar

Avazbek O'lmasaliev - 17 yoshida "Rubin" va "Anji"da ko'rikda bo'lgani, "Paxtakor"ga o'tishi va "Neftchi" taklifi haqida

Iqtidorli himoyachi Avazbek O'masaliev yaqinda jamoasini o'zgartirdi.

“Bunyodkor” bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etganidan so'ng, 22 yoshli futbolchi “Paxtakor”dan tushgan taklifni qabul qilib, “sherlar” safiga ko'chib o'tdi. 

SHu munosabat bilan O'lmasaliev bilan bog'lanib, bir qator savollarga javob oldik. 

-  “Paxtakor”ning taklifi “Bunyodkor”ni tark etishingizga sabab bo'ldimi yoki jamoani almashtirish fikri avvaldan bormidi?

- Avalambor “Bunyodkor” jamoasi rahbariyatiga va bosh murabbiy SHuhrat Maqsudovga barchasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Ozmi-ko'pmi jamoaning muvaffaqiyatlariga o'z hissamni qo'shdim. Bundan xursandman albatta. “Qaldirg'ochlar” bilan tuzgan shartnomam muddati yakuniga etgandi. Bu paytga kelib bir nechta jamoalardan chorlovlar bo'la boshladi. Xususan, “Paxtakor” rahbariyati meni jamoada ko'rishni istadi. SHuning uchun “sherlar”ning taklifini rad eta olmadim. 

- “Paxtakor” amaldagi chempion. Bu jamoa tarkibida birinchi mashg'ulotingizni o'tkazdingiz.  Yangi muhitga moslashib ketishingiz uchun ko'p vaqt ketmaydimi?

-  Yangi jamoamda menga yaxshi tanish bo'lgan o'yinchilar ko'p. Umid qilamanki, yangi muhitga moslashib ketishim qiyin kechmaydi. 

- “SHerlar”ning yangi ustozi ham evropalik hisoblanadi. Ilk taassurotlaringiz qanday?

- Yangi murabbiy haqida hozirdan shoshilinch xulosa qilib bo'lmaydi. Buning uchun vaqt kerak. Rahbariyat ushbu murabbiyni tanladi. Biz futbolchilarning vazifamiz murabbiy talablarini bajarish va shu orqali jamoa yutuqlariga o'z hissamizni qo'shishdir. 

- Yosh bo'lishingizga qaramay tez tez jamoangizni o'zgartirib turasiz. “Neftchi”,  “Lokomotiv”,  “Bunyodkor” va mana endi “Paxtakor”. Buni qanday izohlagan bo'lar edingiz?

- Ha, o'zim ham shuni o'yladim. Nima ham derdim, asosiysi o'z joyimda to'xtab qolmaslik va pasaymaslikdir. Ruslarda bitta gap borku, sokin qadamlar bilan orzusi sari ishonch bilan.

- Yangi jamoadagi taassurotlaringiz qanday?

- Ilk taassurotlarim yomon emas. Hammasi men o'ylagandek, ijobiy kechmoqda. Ajoyib kollektiv yig'ilgan. Maqsadim Xudo xohlasa, “Paxtakor” g'alabalariga o'z hissamni qo'shib, bor kuchim bilan qo'yilgan vazifani bajarish uchun xarakat qilaman. 

-  “Bunyodkor”ni etakchilar tark etmoqda. Bu nima bilan bog'liq?

- To'g'risi boshqalar haqida fikr bildirishga ojizman.

- “Neftchi” jamoasi murabbiylari farg'onalik futbolchilarni o'z safiga qo'shib olmoqda. Boz ustiga akangiz ushbu klubda selekcioner murabbiy hisoblanadi. Sizni ham ortga qaytarishga uringan bo'lsa kerak. Bunday vaziyatda aka-uka qanday kelishib oldi?

- Ha, “Neftchi”dan ham taklif bo'lgandi. Akamga oson bo'ldi. Telefon qilib o'tirmadi-da, uyda yuzma-yuz gaplashib oldik. Ochig'ini aytsam, akam “Neftchi”ga qaytishimni istagan bo'lsa, dadam “Paxtakor”ga o'tishim xohladi. 

- “Bunyodkor”dagi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Mavsum avvalida jaroxatim sabab 3-4ta o'yinni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldim. Qolaversa kam gol urdim. SHuning uchun to'liq qoniqdim deya olmayman. Nasib qilsa bu yil to'purarlar qatoriga kirishga xarakat qilaman. 

- “Paxtakor”da murabbiylar sizdan qaysi poziciyadan foydalanishmoqchi?

- Oldindan bir narsa deyish qiyin. Murabbiylar qaysi chiziqda o'ynashimni istasa, bildirilgan ishonchni oqlashga xarakat qilaman. Futbolchi uchun asosiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishdir.

- Oldin sizni Andrey Fyodorov Rossiya klublaridan biriga tavsiya qilgan deb eshitganmiz. SHu rostmi?

- 17 yoshimda Vadim Abramovning tavsiyasiga binoan Kazan shahrining “Rubin” jamoasiga ko'rikka borganman. U erda asosiy tarkibda mashg'ulot o'tkazgandim. Keyin Maxachkalaning “Anji” klubiga jo'natishgan. Jamoaning o'sha paytdagi murabbiyi Osman Kadiev o'yinimni yoqtirib qolgandi. O'sha yili yangi yil bayramini Rossiyada o'tkazgandim. Jamoada olib qolamiz deb aytishgan. Ammo18 yoshga to'lmaganim uchun yakuda Rossiya klubiga o'tishim amalga oshmagandi.

- Terma jamoada avlodlar almashinuvi yuz bermoqda. Nima deb o'ylaysiz,  o'z ampluangiz bo'yicha terma jamoaga nomzodlar bilan raqobatlasha olasizmi?

- Menga kim bilan raqobatlashishni farqi yo'q. Asosiysi sog'lom raqobat bo'lsa, unda yutishga xarakat qilaman. Bu yil o'z oldimga milliy terma jamoaga kirishni maqsad qilib qo'yganman. 

- “Paxtakor”da siz o'ynamoqchi bo'lgan raqam bo'sh ekanmi?

- Yangi jamoamda 6 yoki 19-raqamni olmoqchiman. Menimcha bu raqamlar bo'sh bo'lsa kerak. 

-O'z ampluangiz bo'yicha Superligada qaysi futbolchilarni o'yini sizga ko'proq yoqmoqda?

- Bu borada “Nasaf” himoyachisi Xusniddin Aliqulov, yaqinda AGMKga o'tgan Anzur Ismoilov va Abdulla Abdullaevni aytgan bo'lardim.

 - Superligada hujumchilarni kamayib ketishi himoyachilarni kuchayganini anglatadimi?

- To'g'risi bu savolingizga javob berishga qiynalaman. Yaxshisi, ochiq qoldiraylik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика