So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  1 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   17 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  19 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

"Augsburg" maxsus liboslarda harakatlanmoqda Yangiliklar

"Augsburg" maxsus liboslarda harakatlanmoqda

Jamoa Bundesliga 26-turida boshqacha ko'rinishdagi liboslarda o'ynadi.

Germaniya futboli qaytdi! O'z-o'zidan bu juda ajoyib, biroq sport bo'sh stadionlarga, shu jumladan, uning ijtimoiy ahamiyatini eslatish uchun qaytarildi.

Futbol klublari o'zlarining tashabbuslari bilan ham ko'zga tashlanmoqda. Masalan, "Augsburg" kuni kecha yangi ko'rinishdagi, rangi qora va Nike tomonidan yangicha uslubda yaratilgan libosini taqdim etdi.

Klub qallaqachon ushbu mavsum uchun mo'ljallangan qora rangli liboslar to'plamiga ega edi, ammo bunisi butunlay boshqacha ko'rinish kasb etdi.

Asosiy farq shundaki, formaning old qismida titul homiy (WWK sug'urta kompaniyasi) o'rniga #augsburghältzusammen2020 xeshtegi ostidagi akciya nomi ("Augsburg siz bilan birga-2020") joy olgan.

"Bizni to'g'ri tushunib, akciyamizni qo'llab-quvvatlagani va o'z logotipini libosimizdan olib tashlashimizga rozi bo'lganligi uchun WWK’dan juda minnatdormiz. Bu homiyimiz bizning qadriyatlarimizni hurmat qilishini anglatadi", - deydi jamoa ijrochi direktori SHtefan Royter.

Yangi libos markaziga homiy ramzi o'rniga Augsburg shahar hokimiyati tasviri tushirilgan bo'lib, uning atrofiga akciya nomi joylashtirilgan.

Malumot uchun, klub tashkil etilgan sanasi sharafiga jami 1907 dona ana shunday libosni sotuvga chiqardi.

"Augsburg" futbolkalar sotuvidan tushadigan pullarning 19,07 foizini koronavrusga qarshi kurash uchun sarflaydi. Forma ayni dam klub rasmiy veb-saytida 75 evro (bolalarniki 50 evro)dan sotilmoqda. Klub kattalarga mo'ljallangan barcha formalarni sotishga erishsa, muhtojlar uchun 27 ming evrodan ko'proq pul yig'adi.

Eslatib o'tamiz, "Augsburg"  bugun yangi liboslarda maydonga tushib, "Volfsburg"ga yutqazdi - 1:2.

Bundesliga musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика