So’nggi yangiliklar

12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  1 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  3 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  7

"Atletiko" Simeonega o'rinbosar qidirishga kirishdi. Murabbiy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin Yangiliklar

"Atletiko" Simeonega o'rinbosar qidirishga kirishdi. Murabbiy mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone va sport direktori Mateu Alemani o'rtasidagi munosabatlar qishki transfer oynasi yakunlaridan so'ng yomonlashdi.

Bu kelishmovchiliklar argentinalik mutaxassisning klubdagi kelajagiga tasir o'tkazishi mumkin. 

Manba malumotiga ko'ra, "matraschilar" Simeonega o'rinbosar qidirish ishlarini boshlab yuborgan. Ushbu mavsum yakunlarida murabbiy jamoani tark etishi ehtimoli mavjud. Takidlanishicha, murabbiy taqdiriga Alemani bilan bo'lgan ziddiyatlardan ko'ra, jamoa natijalari ko'proq tasir ko'rsatishi mumkin. Argentinalik mutaxassis klub rahbariyati ishonchini qayta tiklash uchun "Atletiko" natijalarini yaxshilashi talab etiladi.

Malum qilinishicha, "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola Simeonening ehtimoliy o'rinbosari sifatida asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Biroq ispaniyalik murabbiy Angliya chempionatida faoliyatini davom ettirishni afzal ko'rmoqda.

Diego Simeone madridliklar jamoasini 2011 yil dekabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida "Atletiko" ikki marta Ispaniya chempioniga aylandi hamda Evropa ligasida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Hozirda La Liganing 22 turidan keyin "Atletiko" 45 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Chempionlar ligasi umumiy bosqichi yakunlariga ko'ra esa jamoa 14-o'rinni band qildi va pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
08 fev 09:53:01
Barcelona Champion
WalveRine-_-6 foydalanuvchining fikriga javob berish
Simeone ketsa Atletico eski holiga qaytsa kerak. Hozir lyuboy grand uchun bosh ogriq klub bu. Simeonedan keyin nari borsa Atletik Bilbao darajasidagi klub bolib qoladi.
Кучли тренер обкеса котарилиб кетиши мумкун, яни оз шартларини койиб келадиган тренерлар болса. Масалан таркибга катта бир юлдуз обкелса. Хар мавсум у айтган фудболчиларни сотиб еки олиб турса. Зощир семене жуда катта трансферларсиз даражасини ушлаб турибди
   
07 fev 20:19:29
Davron Narziyev
WalveRine-_-6 foydalanuvchining fikriga javob berish
Simeone ketsa Atletico eski holiga qaytsa kerak. Hozir lyuboy grand uchun bosh ogriq klub bu. Simeonedan keyin nari borsa Atletik Bilbao darajasidagi klub bolib qoladi.
Menimcha poydevor ancha mustahkamlash. U darajada pastga tushmasa kerak
   
07 fev 11:15:06
WalveRine-_-6
Simeone ketsa Atletico eski holiga qaytsa kerak. Hozir lyuboy grand uchun bosh ogriq klub bu. Simeonedan keyin nari borsa Atletik Bilbao darajasidagi klub bolib qoladi.
   
07 fev 11:04:27
Arsenal 14
O'yin uslubini o'zgartirsa Atletiko yana sovrinlar yutishi mumkin, tarkib ham zo'r.
   
07 fev 10:08:49
STENLESS..R
Давно кетиши керак зди 25 миллион евро олади 4..5 уринда юради
   
07 fev 10:03:41
Mardonbek Sobirov
Ketmasa kerak Cholo
   
07 fev 09:59:11
ArsaBarsa
Bir dam oladigan vaqti kelgan buni ham. Jamoa bir o'zgarish qilishi kerak. Lekin Real va Barsa bor chempionatda 2 marta chempionlikni olish zo'r natija edi. Ayniqsa Messi va Ronaldu bor vaqtda g'olib bo'lgani bu boshqacha bo'lgan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика