"Atletiko" prezidenti: "Messi - dunyoning eng kuchli futbolchisi"
07 may 2021 17:16
Yangiliklar
"Atletiko" prezidenti: "Messi - dunyoning eng kuchli futbolchisi"
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso "Barselona" forvardi Lionel Messining kelajagi haqida gapirdi.
"Bu dunyoning eng yaxshi o'yinchisi. "Barselona" klubning moliyaviy holatidan qatiy nazar, uni saqlab qolish uchun bor imkoniyatini ishga soladi deb o'ylayman. Men bu nima bilan tugashini bilmayman va bu biz uchun ham qiziq.
Messi Ispaniya ligasi uchun muhim rol o'ynaydi, u chempionat rivojini rag'batlantiradi. U barcha yigirma jamoa uchun ham muhim.
Messidan tashqari "Barsa"dan menga Pike yoqadi, Jerar zo'r yigit va ajoyib markaziy himoyachi", - deydi Sereso.
"Atletiko" ertaga, yani 8 may kuni "Barselona" bilan o'ynaydi. Agar Madrid klubi kataloniyaliklarga mag'lub bo'lsa, unda La Liga etakchiligini qo'ldan boy beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar