“Atletiko” prezidenti: “Koke bizning jamoa uchun o'ynashda davom etadi”
05 iyu 2014 15:44
Yangiliklar


“Atletiko” prezidenti: “Koke bizning jamoa uchun o'ynashda davom etadi”
“Atletiko” prezidenti Enrike Seresoning so'zlariga ko'ra, “Barselona” qiziqishiga qaramay Koke sotilmasligini malum qildi.
“Koke – “Atletiko” futbolchisi va u bizning jamoa uchun o'ynashni davom ettiradi. “Barselona” albatta mashhur klub. “Atletiko” o'z futbolchilarini sotuvchi jamoa emas. Koke “Atletiko”da o'ynashni xohlaydi, u bizning jamoa yuzi hisoblanadi va jamoamiz uchun o'ynashni davom ettiradi. Men bunga qo'shimcha qilmoqchi emasman”, - deydi Sereso.

Fikrlar