"Atletiko" muxlislari Alvaresning penaltisi bo'yicha UEFA elon qilgan kadrlar haqiqiyligini shubha ostiga olishmoqda
08 apr 21:35
Yangiliklar
"Atletiko" muxlislari Alvaresning penaltisi bo'yicha UEFA elon qilgan kadrlar haqiqiyligini shubha ostiga olishmoqda
"Atletiko" muxlislari UEFAdan Xulian Alvaresning penalti tepayotgan vaziyatining videosini so'rashi mumkin.
"Real" Chempionlar Ligasi 1/8 finalida "Atletiko"ni mag'lub etdi (2:1, 0:1, penaltilar seriyasida 4:2).
O'yindan keyingi 11 metrlik zarba seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarba berishdan oldin sirpanib, to'pga ikki oyog'i bilan tegib ketdi. U gol urgan bo'lsa-da, bosh hakam Shimon Marchinyak VAR bilan vaziyatni muhokama qilgach, golni bekor qildi.
COPE nashrining xabar berishicha, "Atletiko" muxlislarining xalqaro uyushmasi UEFAdan Alvaresning to'pga ikki marta teginishi aks etgan epizodning asl video yozuvini talab qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Takidlanishicha, o'tkazilgan ekspertiza UEFA elon qilgan videolavha tahrirlanganini aniqlagan.
O’xshash yangiliklar
23:06
UEFA "Barsa"ga qarshi o'yindagi nemis muxlislarning xatti-harakatlari uchun "Ayntraxt"ni jazolaydi 1
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar