"Atletiko" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
10 iyu 02:00
Yangiliklar
"Atletiko" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
"Real Sosedad" markaziy himoyachisi Ruben le Norman Madridning "Atletiko" klubiga o'tishga yaqin.
Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Atletiko" le Normanning o'zi bilan kelishuvga erishdi. Bitim klublar o'zaro transfer shartlari borasida kelishuvga erishganida sodir bo'ladi. Ayni damda muzokaralar davom etmoqda.
Ruben le Norman o'tgan mavsum "Real Sosedad" safida 43ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Markaziy himoyachi "qizil furiya" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol qayd etgan.
Fikrlar