"Atletiko" futbolchisi KJCH tashkilotchiligidan norozi
17 iyu 11:33
Yangiliklar
"Atletiko" futbolchisi KJCH tashkilotchiligidan norozi
Madridning "Atletiko" jamoasi yarim himoyachisi Markos Lorente Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi ilk o'yinda mag'lubiyatga uchragach, turnirning tashkiliy ishlaridan nolidi.
Markos Lorente Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati o'yinlaridagi ob-havo haqida:
"Ayni paytda, bu jaziramada o'ynashning iloji yo'q. Havo juda issiq. Oyoq barmoqlarim og'ridi. Men normal yugura olmadim".
"Matraschilar"ning boshqa o'yinchilari, jumladan, hujumchi Xulian Alvares muvaffaqiyatsizlikni "qiyin mag'lubiyat" deb atadi, ammo shu bilan hammasi tugamaganini qo'shimcha qildi. O'z navbatida, Rodrigo De Paul hamyurtiga shunday javob qaytardi:
"Ha, buni hammamiz bilamiz. Olg'a, Aranita, vamos".
15 iyundan 16 iyunga o'tar kechasi musobaqaning "B" guruhi 1-turidan o'rin olgan PSJ hamda "Atletiko" jamoalari o'rtasidagi bahsda 4:0 hisobi qayd etildi. Gollarga Ruis, Vitinya, Mayulu va Li Kan In mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar