"Atletiko" Ferran Torresning vaziyatini kuzatib bormoqda
26 jan 2023 21:37
Yangiliklar
"Atletiko" Ferran Torresning vaziyatini kuzatib bormoqda
"Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi kelishuvlar davom etishi mumkin.
Malum bo'lishicha, Madrid klubi Memfis Depay borasida muzokaralar davom etayotgan paytda Ferran Torresning holati haqida ham so'ragan. Klub Ispaniya terma jamoasi azosini kuzatib bormoqda.
Mavsum oxirida "Vanda Metropolitano" egalari hujum chizig'ini qayta ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda. Joau Feliks, Toma Lemar va Yannik Karraskoning ketishi jamoada Torres uchun bo'sh joy ochishi mumkin.
"Barselona" yozda katta sotuvlarga majbur bo'lishi mumkin va Torres qurbon qilinadigan o'yinchilar qatorida bo'lishi ehtimoli yuqori.
Forvard bir yil avval yanvarda "Manchester Siti"da 55 mln evro evaziga xarid qilingandi. U shu paytgacha 49 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar