"Atletiko" 5 safar o'yinini muxlislarisiz o'tkazadi
17 okt 2024 00:15
Yangiliklar
"Atletiko" 5 safar o'yinini muxlislarisiz o'tkazadi
"Atletiko" muxlislari jamoasining 5 safar o'yinida jamoasini stadiondan qo'llab-quvvatlay olmaydi.
Madrid klubi kelasi 5 o'yinda safar jamoasi muxlislari sektori uchun chiptalar sota olmaydi. SHu orqali "Atletiko" LaLigada "Betis" va "Malorka", Ispaniya Kubogida "Vik", shuningdek, ECHLda PSJ hamda "Sparta" jamoalariga qarshi o'yinlarni muxlislarisiz o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, 29 sentyabr kuni "Real"ga qarshi bo'lgan derbi o'yinlaridan keyin jamoaning 3 uy o'yinida tribunalarning qisman yopilishi malum qilindi. SHuningdek, qo'mita yana bir jazo sifatida stadionni to'liqligicha 15 kunga yopishga qaror chiqardi.
Undan tashqari, "Benfika"ga qarshi ECHL o'yinidan keyin klub turnirning bir safar o'yiniga chipta sota olmasligi bo'yicha taqiq olgan, 30 ming evro jarimaga ham tortilgandi.
O’xshash yangiliklar
14:36
"Barsa" yozda Levandovskining o'rniga top-forvardni sotib olishni o'ylamoqda, nomzodlar ham malum 9
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar