So’nggi yangiliklar

00:33Шацких: "Ҳужумда эса бизга охирги узатма ёки зарба етишмади"  3 00:05Роналду 30 ёшга тўлганидан бери 450та гол урди  5 23:37Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитасининг раиси  11 23:20"Ал Аҳли" муддатидан аввал кейинги босқичда, Роналдунинг голлари "Ал Насср"га 3 очко тақдим этди  16 22:54Элит ОЧЛ. "Истиқлол" ва "Пахтакор" ўртасидаги зерикарли ўйинда ҳисоб очилмади  43 22:30Ансу Фати Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  1 22:20"Барселона"нинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари  13 21:25Британия топ-клублари Шотландия ёшлар терма жамоаси сардорини кузатишмоқда  0 20:45"Эвертон" собиқ футболчисига ҳайдовчи бўлиб ишлаш таклиф қилинди  1 19:45Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор". Таркиблар эълон қилинди. Машарипов бошланғич таркибдами?  18 19:20"Sky Sports"нинг Рубен Аморим билан жонли эфирда уюштираётган суҳбатини бузиб қўйган Эд Ширан кечирим сўради  0 18:55"Нефтчи" – "Насаф" баҳсида қаршиликлар футболчисини четлатиш учун асос бўлмаган — Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  9 18:24"Астон Вилла" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  1 17:58"Реал" "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан жиддий йўқотишга учради  21 17:31Салоҳ: "Деярли декабрь бўлди ва мен клубда қолиш учун бирорта ҳам таклиф олмадим"  4

Atlanta-1996. Muxtor Qurbonov, Dilmurod Nazarov, Nematillo Qutiboevlari bor terma jamoaning Olimpiada sari ilk urinishi qanday bo'lgan? Yangiliklar

Atlanta-1996. Muxtor Qurbonov, Dilmurod Nazarov, Nematillo Qutiboevlari bor terma jamoaning Olimpiada sari ilk urinishi qanday bo'lgan?

Bir necha kundan so'ng Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston OTJ Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasi uchun kurashga kirishadi.

Biz esa bugundan boshlab  U-23 terma jamoamizning Olimpiada sari harakatlarini navbati bilan yodga olib chiqamiz. Futbolda 2 ta nufuzli musobaqa bor.  Biri jahon chempionati bo'lsa, ikkinchisi Olimpiya o'yinlari. Olimpiadada sportning boshqa turlariga juda katta etibor berilishi natijasida ko'pincha futbol orqa planda qolib ketadi. SHunga qaramay muxlislarimiz doim olimpiya terma jamoamizdan Olimpiadaga chiqishni kutib kelishadi. Lekin bu hozircha amalga oshgani yo'q.

SHu o'rinda davlatimiz mustaqillikka erishganidan buyon O'zbekiston olimpiya terma jamoasi necha marta Olimpiadaga chiqishga harakat qilgani haqida alohida to'xtalib o'tishni lozim topdik. O'ylaymizki, bu ham saytimiz o'quvchilari uchun qiziq malumot bo'ladi. 

1996 yil Osiyodan kimlar qatnashgan va chempion kim bo'lgan?

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi birinchi marta 1996 yilgi Olimpiya o'yinlariga chiqishga harakat qilgan. 1996 yil AQSHda o'tkazilgan Olimpiada musobaqasida Osiyo uchun 3ta yo'llanma berilgan. Yana bir malumot, 1992 yildan beri Olimpiya o'yinlarida U-23 terma jamoalari ishtirok etib keladi va har bir jamoa 23 yoshdan katta bo'lgan uch nafar futbolchini tarkibga qo'shish imkoniga ega. 

1996 yilgi Olimpiya o'yinlarida Osiyodan Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni ishtirok etgan. Saudiya Arabistoni "B" guruhida  Franciya, Ispaniya va Avstraliyaga qarshi bahs olib borib, uchala o'yinda ham mag'lub bo'lgan. 

"C" guruhida qatnashgan Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi esa Ganani 1:0 hisobida mag'lub etib, Meksika bilan 0:0 o'ynagan va Italiyaga 1:2 hisobida engilgan holda guruhda uchinchi o'rinni olib keyingi bosqichga o'ta olmagan. SHuningdek, Yaponiya olimpiya terma jamoasi ham guruhdan chiqa olmagan. Garchi yaponlar Braziliyani 1:0, Vengriyani 3:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa-da, Nigeriyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, 6 ochko bilan guruhda qolib ketgan. 

1996 yilgi Olimpiya o'yinlarida Nigeriya chempionlikni qo'lga kiritgan. Hal qiluvchi finalda Nigeriya Argentinani 3:2 hisobida mag'lub etgan. Bu o'yinda afrikaliklar tarkibida Selestin Babayaro, Daniel Amokachi, Emmanuel Amunike gol muallifi bo'lishgan. Argentina safida ikkita golni Klaudio Lopes bilan Ernan Krespo kiritgan.

Bronza medallar uchun kechgan bahsda esa Braziliya Portugaliyani 5:0 hisobida mag'lub etgan. Uchrashuvda Ronaldo hisobni ochgan bo'lsa, Flavio Konseysao ham o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ygan. Qolgan uchta gol 46, 53, 74-daqiqalarda Bebeto nomiga yozilgan. 



Olimpiada sari birinchi urinish

Endi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada sari ilk urinishini yodga olamiz. OFK tomonidan o'tkazilgan Olimpiada-1996 yil saralash o'yinlari 1995 yilning 20 may kuni start olib, 1996 yil 27 martga qadar davom etgan. Saralash bosqichida jami 25 terma jamoa qatnashgan va yakunda 3 jamoa Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan.  Saralash o'yinlarida Mirzohid G'ulomov boshchiligidagi O'zbekiston OTJ yurishni birinchi bosqichdan boshlagan. O'shada U-23 terma jamoamiz safida Dilmurod Nazarov, Muxtor Qurbonov, Sergey Ni, Nematilla Qutiboev kabi taniqli futbolchilar to'p tepgan. 

Musobaqa formati

Saralash uch xil bosqichda olib borilgan. Birinchi bosqichda 25 terma jamoa 8ta guruhga bo'linib, o'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkazilgan. Bitta guruhda to'rt jamoa va qolgan 7ta guruhda uchtadan jamoa bo'lgan. Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan faqat g'olib jamoa keyingi bosqichga yo'l olgan. 

Ikkinchi bosqichda 8 jamoa 4tadan ikki guruhga bo'lingan. Har bir guruhdan birinchi-ikkinchi o'rin egalari hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olgan. Uchinchi bosqichda 4ta jamoa ikkita juftlikka ajratilgan. Birinchi juftlik g'olib ikkinchi juftlik g'olibi bilan final o'yinida maydonga tushgan. Mag'lub bo'lganlar esa o'zaro bahs olib borib, yutgan jamoa Osiyoning uchinchi jamoasi sifatida Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqqan. 

O'zbekiston birinchi bosqichdayoq o'z ishtirokini yakunlagan

Ha, afsuski shunday bo'lgan. O'zbekiston U-23 terma jamoasi birinchi bosqichning o'zidayoq kurashdan chetga chiqqan. Vakillarimiz guruhda ikkinchi o'rinni egallashgan. Qozog'iston olimpiya terma jamoasi guruh g'olibi sifatida keyingi bosqichga yo'l olgan. 

O'shanda biz 5-guruhda bahs olib borganmiz. Quyida natijalarni keltirib o'tamiz. 

20.05.1995. 1-tur

Qirg'iziston - O'zbekiston 1:5

Gollar: Djumakeev, 87-pen. - Dilmurod Nazarov, 21, 58. Nematillo Qutiboev, 67, 80. Sergey Ni, 41-pen.


10.06.1995. 2-tur

O'zbekiston - Tojikiston 2:0

Gollar: Nematillo Qutiboev, 60. Muxtor Qurbonov, 85.


24.06.1995. 3-tur

O'zbekiston - Qozog'iston 1:2

Gollar: Dilmurod Nazarov, 70. - Oleg Litvinenko, 10, 81.


12.08.1995. 4-tur

O'zbekiston - Qirg'iziston 2:1

Gollar: Genaddiy SHaripov, 29. Dilmurod Nazarov, 85.

02.09.1995. 5-tur

Tojikiston - O'zbekiston 1:1

Gol: Dilmurod Nazarov, 10.


07.10.1995. 6-tur

Qozog'iston - O'zbekiston 3:1

Gollar: Oleg Litvinenko, 8, 70. Igor Groxovskiy, 59. - Zafar Musaboev, 84.

 

Ko'rib turganingizdek, guruhda 6ta uchrashuv o'tkazgan vakillarimiz shundan 3tasida g'alaba qozonib, 1 marta durang o'ynab va ikki bor mag'lub bo'lgan holda Qozog'istondan keyin ikkinchi o'rinni egallagan. Qozog'iston 16, biz esa 10 ochko to'plaganmiz. 

Guruh g'oliblari

Demak, 1995 yil o'tkazilgan saralashning ilk bosqichida 8ta guruhdan quyidagi jamoalar keyingi bosqichga yo'l olgan:

Xitoy

Yaponiya

Janubiy Koreya

Ummon

Qozog'iston

Saudiya Arabistoni

BAA

Iroq

Yuqoridagi 8 jamoa ikkinchi bosqichda 4tadan ikki guruhga bo'lingan. "A" guruhidan Yaponiya va Iroq, "B" guruhidan Janubiy Koreya bilan Saudiya Arabistoni uchinchi bosqichga yo'l olgan.

Uchinchi bosqichda Yaponiya Saudiya Arabistonini 2:1, Janubiy Koreya ham Iroqni 2:1 hisobida mag'lub etgan. Final uchrashuvida Janubiy Koreyani Yaponiya 2:1, uchinchi o'rin uchun bahsda esa Saudiya Arabistoni Iroqni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan. 

SHunday qilib Osiyodan Janubiy Koreya, Yaponiya va Saudiya Arabistoni 1996 yilgi Olimpiada musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan. Iroq esa qolib ketgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика