So’nggi yangiliklar

11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1

Asror Aliqulov: "Tarkibimiz yosh bo'lishiga qaramasdan, Superligaga chiqish uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Tarkibimiz yosh bo'lishiga qaramasdan, Superligaga chiqish uchun o'ynaymiz"

AGMK - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan keyin muborakliklar ustozi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yinda qo'shimcha taymlar bo'lishini kutmagandik. Superliga va Pro-liga jamoalari futbolchilarining jismoniy tayyorgarligida katta farq bor. O'yindan oldin biz imkon darajasida tezroq o'ynab, bo'sh hududlardan unumli foydalanishni niyat qilgandik. Umuman olganda ko'zlagan qaysidir maqsadlarimizga erishdik. Afsuski, birinchi bo'limda golga tortadigan ajoyib vaziyatdan unumli foydalana olmadik va o'z xatomiz evaziga gol o'tkazib yuborib, mag'lub bo'ldik. AGMKNi keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Yigitlarning bugungi o'yinidan mamnunman. Ular o'zlarining ajoyib xarakterini ko'rsatib, so'nggi daqiqalargacha o'yinni qutqarib qolish uchun harakat qilishdi.

Albatta, barchaga imkoniyat beriladi. Hozirda "Mashal"ning ko'plab futbolchilari Superliganing bir necha jamoalarida faoliyat olib borishmoqda. Superligaga chiqsak ushbu futbolchilarni qaytarib olamiz va ularga imkoniyat beramiz. Hozirgi tarkibimizda esa yosh futbolchilar juda ko'p. Ular har bir o'yinni bir tekisda o'tkaza olishmaydi. Ammo tarkibimiz yosh bo'lishiga qaramasdan, biz Superligaga chiqish uchun o'ynaymiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика