So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  30 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Asror Aliqulov: "Qizilqum"ga qarshi o'yinda bizga oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Qizilqum"ga qarshi o'yinda bizga oson bo'lmaydi"

Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Do'stlik" jamoasi hozirda yangi bosh murabbiy bilan ishlayapti. Bu jamoa hozirga kelib chempionat etakchi jamoalaridan ochko tortib olayapti. Ko'p gollar urayapti, jamoa hujumchisi SHerzod Qodirov qisqa fursatda to'purarlar safiga qo'shildi. Bugun kutganimizdek o'yin bo'ldi, raqib qarshi hujumlariga ehtiyotkor uslubni tanladik. Ko'p vaziyat yaratdik. G'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman.

- Niyazmetov gol urgan vaziyatda almashtirdingiz. Uning gol urishini kutib turganmidingiz?

- Yo'q, unga ko'proq golli uzatmalar vazifasini qo'ygandik. Rustam o'yin davomida ko'p vaziyatlar yaratdi. Uning o'rniga qo'shilgan futbolchida ham ayni shunaqa vazifa bor edi. SHunga qaramay Niyazmetov o'zining kreativ harakatlari evaziga juda chiroyli gol urdi.

- Kubok o'yinlarida "Qizilqum"ga duch kelayapsiz. Sobiq jamoangizga qarshi o'yin haqida nimalarni ayta olasiz?

- "Qizilqum" tarkibida legioner futbolchilari bo'lgan kuchli jamoa. Baribir Superliga klubi, bizga oson bo'lmaydi. Bu o'yin o'tdi, etiborni keyingi uchrashuvga munosib tayyorgarlik uchun qaratamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика