Asror Aliqulov: "Hech qaysi jamoa ochko yo'qotmaydi deb kafolatlanmagan"
13 avg 2023 23:10
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Hech qaysi jamoa ochko yo'qotmaydi deb kafolatlanmagan"
O'yin haqida
- Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng vaziyatni o'nglash uchun oldinga intildik. Vaziyatlar yaratdik, golga tortadigan qulay imkoniyatlarimiz ham bo'ldi. Afsus, o'yin oxirida uzoq masofadan berilgan zarbadan so'ng ikkinchi to'pni o'tkazib yubordik. Bitta to'p farqi bilan yutqazayotgan vaqtimizda vaziyatlarimizni golga aylanganida balki ochko bilan qaytishimiz mumkin edi.
- Jamoa sizning qo'l ostingizda ikki Superligaga davogar klub - "Dinamo" va "Qo'qon-1912" bilan o'ynadi. Ushbu o'yinlardan qanday xulosalar oldingiz?
- Bizga stabillik kerak. Tarkibida kuchli futbolchilar jam bo'lgan klublar bilan o'ynadik. Men hozir jamoada yangi murabbiyman, tarkibni to'liq o'rganib, imkoniyatlarni chamalab olish uchun vaqt kerak.
- Ketma-ket 2 mag'lubiyatdan so'ng jamoani Superligaga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Albatta, oxirigacha kurashamiz. Oldinda imkoniyatlarimiz bo'ladi. Hech qaysi jamoa ochko yo'qotmaydi deb kafolatlanmagan. Hozir oson o'yinlarning o'zi yo'q. Oldimizda Superliga vazifasi bor, oxirigacha harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar