So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Asqar Jadigerov Pro-ligadagi jamoasi va "Zomin"ga qarshi uchrashuv haqida Yangiliklar

Asqar Jadigerov Pro-ligadagi jamoasi va "Zomin"ga qarshi uchrashuv haqida

O'z vaqtida mamlakatimiz va xorij klublarida o'ynagan tajribali yarim himoyachilardan biri Asqar Jadigerov joriy mavsum arafasida Pro-liga safiga qo'shilgan “PFK Nurafshon-Inter” jamoasi safida faoliyat yuritmoqda.

Kuni kecha poytaxt viloyati vakillari “Zomin” jamoasiga mezbonlik qildi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda kuchlar teng keldi, - 1:1. Uchrashuv yakuniga etgach “Nurafshon-Inter” jamoasi futbolchisi A.Jadigerovni suhbatga chorladik.

- Ob-havo injiqliklari o'yinga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Uchrashuv davomida yog'gan kuchli yomg'ir va esgan shamol futbolchilarning maydonda erkinroq to'p tepishlariga to'sqinlik qildi. Nazarimda, raqiblar namoyish etgan futbol muxlislarga maqul keldi. Afsuski, jamoadosh do'stlarim yaratilgan qulay vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi, - deya o'z so'zini boshladi, A.Jadigerov. – Tan olish lozim, avvallari jamoalarda futbol o'ynab yurgan kezlarim nega bizga oylik yoki mukofot pullarini o'z vaqtida berishmayapti deb nolirdik. Hozirda “PFK Nurafshon-Inter” klubi mutasaddilariga bu borada yordam berib kelyapman. SHunga amin bo'ldimki, klubga tegishli tashkiliy masalalarni hal qilishdan ko'ra, futbol o'ynash osonroq ekan.

- Jamoa haqida nimalar deya olasiz...

- Jamoamiz o'z debyut mavsumida Pro-ligada viloyatimiz bilan bir qatorda Yuqori CHirchiq tumani shanini ham himoya qiladi. O'zim ham shu tumanda tug'ilib, millionlar o'yinining o'ziga xos dastlabki sir-asrorlarini o'rganganman. Tuman ravnaqiga hissa qo'shish fursati etdi. Umuman olganda tumanimiz o'zbek futboliga juda ko'plab taniqli futbol yulduzlarini etkazib bergan. “Paxtakor-79” azolari Mixail An va Olimjon Ashirovlar ham shu tumanda voyaga etishgan. Rahbariyat klub infratuzilmasini yanada shakllantirish maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, iqtidorli yoshlar tarkibga jalb qilingan.  Qolaversa, klub negizida farm klub hamda o'smirlar jamoalari tashkil etildi. Farm klubimiz Toshkent viloyati ikkinchi ligasida ishtirok etmoqda.Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, jamoa murabbiylar tarkibiga qo'shish maqsadida o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shgan tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ularning safimizda paydo bo'lishi jamoamiz o'yinini yanada kuchaytirishiga ishonaman. Hozirda klub rahbariyati tomonidan mavsumiy va bir o'yinlik chiptalar sotish yo'lga qo'yildi.

“Paxtakor-79” sardori Mixail Anning xoki Ahmad Yassaviy mahallasi qabristoniga ko'milgan. Kuni kecha jamoamiz azolari va klub rahbariyati Mixail Anning qabrini ziyorat qilishdi. Uning sobiq Ittifoq va o'zbek futbolida o'rni haqida malumot berildi.

- Klub o'z oldiga qanday vazifalarni qo'ygan?

- Iqtidorli futbolchilarni kashf etish va shu orqali ishqibozlar ishonchini oqlashni niyat qilganmiz. Agarda ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoamiz 4 rasmiy uchrashuv o'tkazdi. Quvonarlisi, o'yindan o'yinga futbolchilarning mahorati oshib bormoqda. Futbolchilarning harakatlarida sifat ko'zga tashlanmoqda. To'g'ri, bizni yanada jiddiy va murakkab o'yinlar kutib turibdi. Jamoaning o'yinidagi barqarorlikni saqlab qoladigan bo'lsak, mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazamiz.

Nematjon Ahmedov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика