So’nggi yangiliklar

12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  3 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  2 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   12 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  19 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5

Asliddin Toshtemirov: "Osiyo chempionatida g'olib bo'lmoqchimiz" Yangiliklar

Asliddin Toshtemirov: "Osiyo chempionatida g'olib bo'lmoqchimiz"

Xabaringiz bor, Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston (U-19) yoshlar terma jamoasi 5-15 iyun kunlari poytaxtimizdagi "CHig'atoy" bazasida yig'in tashkil etdi.

Biz mazkur yig'in davomida faol ishtirok etib, nazorat uchrashuvida gol kiritgan yosh iqtidorli himoyachi, Yaypanning "Turon" klubi azosi Asliddin Toshtemirovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Asliddin, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safidagi yig'in taasurotlari bilan o'rtoqlashsangiz...

- O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safidagi yig'inda katta tajriba to'pladim. Bizga O'FA tomonidan barcha sharoitlarni alo darajada yaratib berishdi. Terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bizni yaqinda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga munosib tayyorlamoqda. Umuman aytganda, ushbu yig'in ko'tirinki ruhda tashkil etildi deb ayta olaman.

- Garchi nazorat uchrashuvi bo'lsada, "Neftgazmontaj" klubi qarshi bo'lib o'tgan o'yinda gol kiritdingiz. Aytingchi, terma jamoa safida gol kiritish sizga qanday ishtiyoq berdi?

- Vatan terma jamoasi safida gol kiritish har qanday futbolchiga juda katta motivaciya beradi. Bu gol mendagi o'zimga bo'lgan ishonchni yanada shakllantirdi. Nasib bo'lsa, astoydil harakat qilib terma jamoa yutuqlariga o'z hissamni qo'shmoqchiman.



-"Turon" klubiga kelib qo'shilishngiz qanday bo'lgan?

- Avval Farg'onaning "Neftchi" jamoasi safida o'ynardim. 2018-yilda "Turon" klubi prezidenti Abduvahob Ahmadalievning taklifiga ko'ra ushbu jamoa safiga qo'shildim. "Turon"da jamoaviy muhit shakllangan, moslashib ketish qiyin kechmadi.

- Oldinda kutib turgan nufuzli turnir oldidan O'zbekiston U-19 terma jamoasini imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Yuqorida aytganimdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda murabbiylar shtabi bizni Osiyo chempionatiga munosib tayyorlashmoqda. Timur aka bizga jamoaviy hamjihatlikni o'rgatmoqdalar. Men O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatida g'olib chiqishiga ishonaman, nasib bo'lsa bu ishni uddalaymiz.

-Kelajakdagi maqsadlaringiz qanday?

- Kelajakdagi maqsadlarim O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo'lish, "Turon" jamoasi bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga qo'lga kiritish kabilardan iborat.

- Intervyu uchun rahmat. Kelgusidagi faoliyatingizda omad tilaymiz!


Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика