"Ashxobod-2017". O'zbekiston finalda Eron bilan o'ynaydi
25 sen 2017 11:34
Yangiliklar
"Ashxobod-2017". O'zbekiston finalda Eron bilan o'ynaydi
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz kecha bo'lib o'tgan yarim final bahsida Yaponiyani penaltilar seriyasida mag'lub etdi.
O'zbekistonning finaldagi raqibi "Osiyo yo'lbarslari" hisoblangan Eron terma jamoasi bo'ladi. Forslar yarim finalda Afg'onistonni 8:2 hisobida mag'lub etishdi. Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarining futzal bellashuvlarida bundan oldin faqat Eron chempion bo'lgan. Ertaga forslar beshinchi bor bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun harakat qilishadi. Bizning terma jamoamiz esa shu kungacha ushbu musobaqada 3 bor bronza medalini qo'lga kiritgan. Demak, ertangi o'yin O'zbekiston uchun birinchi final bo'ladi.
"Ashxobod-2017"
Futzal, 3-o'rin uchun
26.09.2017
17:00. Afg'oniston - Yaponiya
Final
26.09.2017
19:00. Eron - O'zbekiston
Fikrlar