Ashurmatov “Rubin”dagi ilk intervyusida: “Kuchli tomonlarimga murabbiy va muxlislar baho berishadi”
15 jan 2023 10:00
Yangiliklar
Ashurmatov “Rubin”dagi ilk intervyusida: “Kuchli tomonlarimga murabbiy va muxlislar baho berishadi”
Qozonliklar kecha rasman Ashurmatov bilan 3,5 yillik shartnoma imzolanganini elon qilishdi.
“Rubin”ga o'tganimdagi ilk his-tuyg'ularim shunchaki super. Anchadan beri kuchli ligada o'ynashni orzu qilardim. SHu tufayli, “Rubin”ga kelganimdan juda xursandman. Yozda ular menga taklif bilan chiqishgandi, ammo klub bilan shartnomam bor edi, shuning uchun bu erga oldinroq kela olmadim. Hamyurtim Umarali Rahmonaliev ham bu erga kelganiga ko'p bo'lmadi, shu tufayli, albatta, bir-birimizga yordam beramiz. Umuman olganda hamma bilan yaxshi munosabatdaman.
Ajoyib tarzda kutib olishdi. Futbolchilar va murabbiylardan bunday munosabatni kutmagandim, juda yoqimli bo'ldi. Bu jamoada anchadan beri o'ynayotganga o'xshayman. Markaziy himoyachiman. O'ylashimcha, ular men shu poziciyada o'ynatishadi. Men uchun kuchli tomonlarim haqida gapirish qiyin. Bunga murabbiy va muxlislar baho berishsin”, deydi Ashurmatov.
Eslatib o'tamiz, Rossiyaning nomdor klubiga Yuriy Utkulbaev murabbiylik qilmoqda. "Rubin" ayni vaqt MFLda 37 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Ular mavsumning ikkinchi qismidagi ilk rasmiy uchrashuvini 5-mart kuni safarda autsayderlar qatoridagi "Kuban"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar