Ashortia: "Andronikashvili bilan birgalikda "Andijon" yaxshi natijalariga erishishi uchun yordam beramiz"
05 jan 19:22
Yangiliklar
Ashortia: "Andronikashvili bilan birgalikda "Andijon" yaxshi natijalariga erishishi uchun yordam beramiz"
- Imeda, faoliyatingizda yangi sahifa ochildi. Uning sahifalarini yozishga tayyormisiz?
- Ha, men nihoyatda xursandman. Faoliyatimni endi “Andijon”da davom ettirishim men uchun juda yaxshi motivaciya. Shuni aytishim mumkinki, bu erda bor kuchimni ishga solib, o'zimni ko'rsatish uchun o'ynayman.
- “Andijon” klubidan taklif olganingizda birinchi bo'lib kim bilan maslahatlashdingiz?
- To'g'risini aytsam, barchasi juda tez ro'y berdi. Ochiq aytaman, men ko'p o'ylanib o'tirmadim. Menga Samvel Babayan qo'ng'iroq qildi va bu taklifni darrov qabul qildim.
- Qishki tatilni qanday o'tkazdingiz va hozirda o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Qishki tatilda “Bunyodkor” bilan o'tkazgan bunday mavsumdan keyin oilam bilan xordiq chiqardim. Sizlar bilasizlar, bizda doim bu borada qandaydir bajarishimiz kerak bo'lgan dastur bo'ladi. Men o'z ustimda ishlash uchun mashg'ulotlarni bajardim. 
- “Burgutlar”ning bir qismi bo'lish siz uchun qanchalik muhim?
- “Andijon” sharafini himoya qilish men uchun juda muhim. Har bir uchrashuvda jamoamni yaxshi natijaga erishishi uchun 100 foiz o'zimni ko'rsatish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. “Andijon”ni yaxshi bilaman. O'zbekistondagi oddiy jamoa emas. Xudo xohlasa, o'z ambiciyalarimizga sodiq qolgan holda yaxshi harakat qilamiz va ijobiy natijalarga erishamiz.
- “Bobur Arena”da qanday muhitni tasavvur qilyapsiz?
- “Bobur Arena” haqida gapiradigan bo'lsam, bir marta “Bunyodkor”ning “Andijon”ga qarshi o'yinida bu stadionda o'ynaganman. Ana shunda his qilganmanki, u erda atmosfera juda yuqori darajada bo'ladi. Ishonamanki va xohlaymanki, yangi mavsumda ham bundan zo'r bo'ladi. Chunki “Bobur Arena” bizniki bo'lganligi uchun yanada boshqacha kechadi. Stadion muxlislar bilan liq to'lishini juda ham xohlayman. Bu har bir futbolchi uchun juda ham muhim. To'g'risini aytaymi, “Andijon”ga o'tishimni asosiy faktorlaridan biri “Bobur arena”dagi atmosferani zo'rligi tufaylidir.
- Yangi mavsumda nechta gol urishni rejalashtiryapsiz?
- Nechta gol urishimni hozir ayta olmayman. Biroq men ko'proq gol urishga harakat qilaman. Negaki, hujumkor futbolchi har doim gol urishni va jamoasiga yordam berishni istaydi. Lekin shuni aytishim kerakki, men faqatgina o'zimni o'ylaydigan futbolchi emasman. Men uchun futbol - bu sportning jamoaviy turi. Shu sababli meni xayolim va fikrim jamoamizni ko'proq g'alaba qozonishiga qaratilgan va buni xohlayman. Gol urishim va jamoaga yordam berishim esa qo'shimcha ish. Asosiysi esa “Andijon”ning g'alabasidir.

- Hamyurtingiz Andronikashvilining “Andijon” klubiga o'tishi haqida qanday fikrdasiz?
- O'ylaymanki, Andronikashvilini jamoamizga transfer qilinishi juda yaxshi va kerakli. Chunki sifatli futbolchi. Shuningdek, u gruzin va bu men uchun ham juda muhim. Xudo xohlasa, birgalikda "Andijon" yaxshi natijalariga erishishi uchun yordam beramiz.
- Samvel Babayan bilan birinchi marta ishlayapsiz...
- Bosh murabbiy haqida aytadigan bo'lsam, uni yaxshi mutaxassisligini va hurmat-etiborini barcha yaxshi biladi. Shu bois qaror qabul qilayotganimda, bosh murabbiy bilan gaplashganimda ushbu jihatlarini ham hisobga oldim. Men u bilan oldin ishlamaganman. Ammo Samvel Vyacheslavovichni bilaman. Qaerda bo'lmasin natija qila oladi. Shuning uchun undan menga nisbatan qiziqish bo'lganidan so'ng chaqiruvini xursandchilik bilan qabul qildim.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar