So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Arxiv: CHempionlik yo'lagi, Sergeev va Masharipovdan dubl, to'yidan oldin gol urishni xohlagan Sardor. "Paxtakor"ga chempionlik kubogi topshirilgan o'yin Yangiliklar

Arxiv: CHempionlik yo'lagi, Sergeev va Masharipovdan dubl, to'yidan oldin gol urishni xohlagan Sardor. "Paxtakor"ga chempionlik kubogi topshirilgan o'yin

Futbol olamida yuzaga kelgan tanaffus sabab "Championat.asia" arxiviga murojaat qilishda davom etamiz.

Foto Arxiv: CHeranning benefisi, "boshsiz chavandoz" va SHorahmedovning alami, O'zbekiston kubogi-2019 finalini yodga olamiz

O'tgan mavsum mamlakatimizda futbol bo'yicha bo'lib o'tgan uchta yirik ichki musobaqani yodga olishni maqsad qilgandik. Avvalroq O'zbekiston kubogi va Liga kubogi finallariga to'xtalgan edik. Bugun esa Superliga-2019 g'olibiga chempionlik kubogi topshirilgan o'yinni yodga olamiz.

SHota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" 20-tur doirasida Bekobodda o'tkazilgan "Metallurg"ga qarshi o'yinda chempionlikni rasmiylashtirib ulgurishgandi. Jamoaga chempionlik sovrini keyingi 21-turda topshirilgan. O'shanda Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Toshkentda mehmon bo'lgandi.

Superliga-2019
21-tur
, 01.10.2019
Toshkent, "Paxtakor" stadioni, 10270 tomoshabin
"Paxtakor" – "So'g'diyona" 3:0
Hakamlar:
Olim To'ychiboev (Farg'ona), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Rustam CHoriev (Termiz)
Gollar: I.Sergeev 20, - 1:0 (J.Masharipov). I.Sergeev 55, - 2:0 (J.Masharipov). D.Hamdamov 89, - 3:0.

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov (Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 90+1), Marko Simich, Egor Krimec (S), Farrux Sayfiev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev (Sadriddin Abdullaev, 69), Dostonbek Hamdamov, Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov (Marat Bikmaev, 77), Igor Sergeev.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Ruslan Roziev, Humoyunmirzo Iminov, SHohruh Mahmudhojiev, Vladimir Kozak.

"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar SHoyqulov, ElyorOrifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov (Muhammadanas Hasanov, 24), SHohruz Norxonov, Dian Talxatov (Jamshid Boltaboev, 46), Jasur Hasanov, Nikola Milinkovich (Sanjar Rashidov, 64), SHerzod Fayziev.
Zaxira: SHirinboy Abdullaev,Siroj Meliev, Oybek Nurmatov, Izzat Abdullaev, Sahob Rashidov, SHahboz Jo'rabekov.

Ogohlantirish: E.Krimec 53.

CHempionlik o'yiniga kelgan muxlisalar.


CHempionlik yo'lagi.

"So'g'diyona"ning boshlang'ich tarkibi.


"Paxtakor"ning boshlang'ich tarkibi.


SHota Arveladze va Ulug'bek Baqoev.


Jizzaxdan kelgan muxlislar.


O'tmish bugunni taqib qilmoqda.


- Meni o'tmish dedingmi? Hali o'tmishga aylanganimcha yo'o'o'q.


Norxonov, Simich va to'p. Yaxshi kadr.


Sardor Qulmatov yon chiziq hakamiga etiroz bildirmoqda.


20-daqiqada Masharipovning chap qanotdan jarima maydoniga oshirgan to'pini Igor Sergeev boshi bilan darvozaga yo'llagandi.


Alijonov va SHoyqulov.


Sardor Sobirxo'jaev o'sha o'yinning ertasiga uylangan. To'yidan oldin gol urish uchun juda ko'p harakat qilgan futbolchi yakunda buning uddasidan chiqolmagandi.


Nima qilsang, qil, lekin CHeran zarba bermasin)


Marat Bikmaevning farzandlari.


- Yo'o'o'qqq...


- Yo'q emas, zo'r. Golni hidi kelyapti, hozir yana urasan.


Mana Igor ikkinchisini ham urdi.


Golli pas berishda dubl qayd etgan Masharipovga qarshi Elyor Orifov.


"Paxtakor"ning sobiq va hozirgi yarim himoyachilari.


O'zbekiston chempionlari.


Kubok topshirilgan bahsda dubl qilgan Igor Sergeev Superliga-2019da 17ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi bo'ldi.


23ta gol bilan Superliga-2019 to'purari bo'lgan Dragan CHeran oilasi bilan kubok oldida esdalik uchun suratga tushgan palla.


"Paxtakor" xodimlari.


CHempion darvozabonlar.


CHempionlikka juda katta hissa qo'shgan Jaloliddin Masharipov.


SHota Arveladze va "Paxtakor" muxlislari.



Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov va Jahongir Fayzullaev.


"Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan to'liq galereya >>>>> FOTOGALEREYA

"Paxtakor"ga chempionlik sovrini topshirilgan taqdirlash marosimidan galereya >>>>> FOTOGALEREYA

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика