So’nggi yangiliklar

17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  2 17:00Про лига. "ФарДУ" "Жайхун" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  3 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  4 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   25

ARXIV. 2006 yilgi "Paxtakor" - "Fulad" uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

ARXIV. 2006 yilgi "Paxtakor" - "Fulad" uchrashuvini yodga olamiz

Saytimiz o'quvchilari karantinda zerikib qolmasliklari uchun foto arxiv ruknini davom ettiramiz.

2006 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, 3-turida O'zbekistonning "Paxtakor" klubi Eronning "Fulad" klubini qabul qilgandi. Uchrashuv 12 aprel kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tgan, uni tomosha qilish uchun 10 ming tomoshabin tashrif buyurgan edi. 

"SHerlar" 13-daqiqada Zayniddin Tojievning aniq zarbasi tufayli hisobni ochishadi - 1:0. Birinchi taymning o'zida Server Jeparov ham gol uradi - 2:0. Ikkinchi taymda tomonlar gol ura olishmaydi va "Paxtakor" 3 ochkoni qo'lga kiritadi.


"Paxtakor" - "Fulad" - 2:0 (2:0)

12.04.2006. 3-tur. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 10000 tomoshabin.

Bosh hakam: Al Saidi (BAA)

Gollar:

1:0 - Tojiev Zayniddin, 13
2:0 - Jeparov Server, 37

"Paxtakor": Nesterov Ignatiy; Aliqulov Asror; Kleckov Aleksandr; Kiryan Vladislav; Suyunov Ilhom; Jeparov Server; Tojiev Zayniddin (Ixeruome Uche, 90); Abdullaev Sadriddin (Tojiev Kamoliddin, 87); Inomov Islom (Rahimov Ibrohim, 77); Ponomaryov Vyacheslav; Kapadze Timur.
Zaxiradagilar: Berdimurodov Rahmatullo; Jo'raev Timur; Ismoilov Anzur; Ahmedov Odil; Bayramov Renat.

Ogohlantirishlar: Kapadze Timur, 64; Inomov Islom, 80.




Futbolchilar maydonga tushib kelishmoqda. U paytlar maydonga darvoza ortidagi binodan tushib kelinar edi. Sababi kiyim almashtirish xonasi o'sha erda bo'lardi.



Bu tarkibdan hozir faqat Ignatiy Nesterov va Sadriddin Abdullaev futbol o'ynashmoqda xolos.


Stadionda o'sha paytlarda yog'och o'rindiqlar bo'lardi.


Tepa qator (chapdan o'ngga): Aleksandr Kleckov, Vladislav Kiryan, Zayniddin Tojiev, Ilhom Suyunov, Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov. 

Pastki qator (chapdan o'ngga): Server Jeparov, Sadriddin Abdullaev, Vyacheslav Ponomaryov, Asror Aliqulov, Islom Inomov.


CHapdan ikkinchi bo'lib turgan Ali Hamad Al Badvaviyni tanidingizmi? Eron - O'zbekiston (0:1) uchrashuvidan keyin Aziz Haydarov quchoqlab olgan hakam shu.


Ponomaryov raqibga bosim uyushtirmoqda.


Zayniddin Tojiev havoda uncha-munchasiga yutqazmasdi


Ponomaryov to'p bilan


Vladislav Kiryan raqibdan qochmoqda


Tojiev ikki raqib qurshovidan bemalol chiqib ketardi


Mana bunday qilib


O'ng qanot himoyachisi Islom Inomov hujumga ham ko'p o'tardi


O'sha payt 20 yosh bo'lgan Sadriddin Abdullaev hozir ham "Paxtakor"da o'ynamoqda


Tojiev birga bir vaziyatga chiqsa deyarli barcha holatda gol urardi


Mana bunday qilib


Gol quvonchi #1


Gol quvonchi #2


U paytlar fan klub yo'q edi, barcha o'zi uchun ishqibozlik qilardi


Orqa planda Samvel Babayan va bosh murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy.


Hujumchidan yarim himoyachiga aylangan Timur Kapadze


Server Jeparov hozirgina saltoni amalga oshirdi. Etibor qiling hozir futbolchilar chiqib keladigan joy u payt umuman yo'q edi...




Kiryan va Tojiev

Jamoa sardori Server Jeparov


Vyacheslav Ponomaryov


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика