So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  31

Artyom Filiposyan: “Takliflar bor, lekin “Buxoro”da qolsam kerak” Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “Takliflar bor, lekin “Buxoro”da qolsam kerak”

O'tgan mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilgan Artyom Filiposyanga ayni damda superliganing bir nechta jamoalaridan takliflar kelib tushmoqda.

Futbolchining esa buxoroliklar bilan shartnomasi yakuniga etgan. Xo'sh, Filiposyan yangi mavsum oldidan jamoasini o'zgartiradimi yoki yana “Buxoro”da qolishni afzal biladimi? SHu va boshqa ayrim savollarga javob olish maqsadida Artyom bilan suhbatlashdik.

- Artyom, ahvollariz yaxshimi? Yangi yil bayramidan so'ng tiklanish jarayoni ortda qolgan bo'lsa kerak?
- Rahmat, hammasi yaxshi. Malum muddatlik dam olishdan so'ng endi astoydil tayyorgarlikka kirishamiz.

- “Buxoro” bilan tuzgan shartnomangiz yakuniga etganidan xabarimiz bor. SHu bois hozirda sizga ayrim jamoalardan chorlovlar bo'layotgani ham tabiiy. Keyingi taqdiringiz xaqida aniq bir to'xtamga kelib ulgurdingizmi?
- Xaqiqatdan ham, buxoroliklar bilan amaldagi shartnomam tugaganligi rost. Lekin bu bilan jamoadan butunlay ketdim deya olmayman. CHunki 5 yanvardan “Buxoro”ning Toshkentdagi yig'iniga borib qo'shilaman. SHunda bitimni uzaytirish borasida bafurja gaplashib olamiz. Boshqa jamoalardan  ham takliflar bo'layotganini yashirmayman. Oldin “Buxoro” murabbiylari bilan gaplashib olishim kerak. CHunki Ulug'bek Baqoev va Baxtiyor Ashurmatov bilan bir yil ishlab, juda yaxshi munosabat o'rnata oldik. Ular menga biroz shoshilmay turishimni va jamoada bu yil ham qolishimni istayotganini bildirdi. SHunday ekan eng avvalo ular bilan gaplashaman. Agarda yangi bitimning bandlari har ikki tomonni ham qoniqtirsa, shu erda qolib o'ynashda davom etaman.

- Sizga “Bunyodkor” va “Qizilqum”klublari tomonidan ham qiziqish bo'layotgani haqida eshitdik. Bu qanchalik xaqiqat?
- To'g'risi, jamoalarning nomlarini aniq aytmay turganim maqul. Lekin yashirmayman 3-4ta takliflar bor. Tarozini pallasiga qo'yib, ko'rib chiqyapman. Ularning hech biriga hozircha aniq bir javobni aytmadim. Hammasini vaqt ko'rsatadi.  

- “Buxoro”da qolish imkoniyatingizni necha foiz aniq deb ayta olasiz?
- “Buxoro”da ajoyib ikki mavsumni o'tkazdim. Jamoada barchasi meni qoniqtiradi. Agarda yana kelisha olsak, shu erda qolib o'ynaganim maqul deb hisoblayman. Menimcha “Buxoro”da qolishim 80-90 foizga aniq.

- Mavsum-2017 siz uchun qanday o'tdi?
-  Nolimayman, mavsum men uchun qoniqarli kechdi. To'g'ri, chempionat boshida jaroxat sabab 7-8ta uchrashuvda ishtirok eta olmadim. Moskvaga borib, oyog'imni operaciya qildirib kelganimdan so'ng, malum muddat sport formamga kirishga xarakat qildim. Ikkinchi davradan chinakamiga mavsum men uchun boshlangandi. Imkon qadar har bir o'yinda jamoamning muvaffaqiyatga erishishi uchun bor kuchim bilan xarakat qildim. Bosh murabbiyimiz Ulug'bek Baqoev oliy ligadagi debyut mavsumidayoq kurashchan jamoa tuza oldi. Tarkibda yaxshi futbolchilar jamlangandi. O'ylaymanki o'tgan yili yomon natija qayd etmadik.

- Markaziy himoyada Vladimir Baenko bilan yaxshi tandem xosil qildinglar. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- To'g'ri takidlab o'tdingiz, legioner himoyachi bilan bir-birimizni yaxshi tushunib xarakat qildik. Ayniqsa ikkinchi davra o'yinlarida so'zsiz tushunadigan darajaga chiqdik. Maydonda qaysi paytda kim qaerga ochilishini oldindan xis qila boshladik. Baenko xayotda ham yaxshi yigit ekanligi bilan ijobiy taassurot qoldirdi. O'ylaymanki uni joriy mavsumda ham “Buxoro”da olib qolinsa yana foydasi tegadi.  

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика